Xumbuztepa mil.av. VI asrga oidligini aniqlandi. Mil.av. IV asrga oid dahmaning yuqori sathidan sirtida yozuv namunasi bo’lgan sopol bo’lak – “ostrakon”ning topilishi muhim yangilikdir. Sankt-Peterburg Davlat Ermitaji mutaxassisi, epigraf-olim Pavel Lurьe fikriga ko’ra mazkur yozuv qadimgi Xorazm alifbosining harflaridan tashkil topgan. Ushbu topilma qadimgi Xorazm tarixiga doir epigrafik manbalarni yanada boyitadi.
Hozirgi vaqtda arxeologik ekspedetsiyani amalga oshirish uchun nazariy va amaliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hisobot davrida ibodatxona shimoli-g’arbiy burchagidan va undan shimoldagi aniqlangan daxmadan topilgan manbalar tizimlashtirildi, tasniflandi va sharhlandi. Ibodatxonadan shimolda to’g’riburchakli 3 ta yerto’la aniqlandi va o’rganildi. Yerto’lalar qoldiqlari materik ustida joylashgan bo’lib, ibodatxona qurilgungacha (mil.av. V asrning boshi) xosil bo’lgan qatlam bilan qoplangan va ishonch bilan ularni mil.av. VI asrga taalluqli deyish mumkin. 2-erto’lani to’ldirgan qatlamda odam suyaklari aniqlanib, bu esa yerto’lalarning zardushtiylik dafn marosimlari bilan bog’liq degan fikrni ilgari surishga imkon beradi. Qazishmalar natijasida mil.av. VI - IV asrlarga oid ko’plab boy va ifodali topilmalar olindi: bular bus-butun saqlangan kosalar, qadahlar va sopol qozonlardir (F1-FA-0-17788).
“Xorazm tarixi” monografiyasining II jild 2 qismi uchun manba va adabiyotlar to’planib, tahlil qilindi. To’plangan manbalar va ularning tahlillari asosida “Amir Temur va temuriylar davrida Xorazm bobi tayyorlandi. Xorazm tarixi monografiyasining 1 va II jildi tahrir qilinib, nashrga tayyorlandi. Mazkur jildlar uchun xarita va suratlar tanlanib, atamalar izohi yozildi. Oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma tayyorlandi (F1-FA-16549).
Proektiv fazolarda kompakt to’plamlarning plyuriregulyarlik xususiyatlari o’rganildi. Pn fazoda global plyuriregulyar kompaktning lokal plyuriregulyar bo’lishi isbot qilindi. Kompleks fazolarda Veyrshtrass algebroid to’plamlari to’ldiruvchisining regulyar parabolikligi o’rganildi va ushbu ko’pxilliklarda ko’phadlar fazosi strukturasi aniqlandi. Polyar to’plamlarning yuqorida chegaralangan subgarmonik funktsiyalar sinfi uchun chetlatilishi mumkin bo’lgan maxsuslik to’plami bo’lishligi isbot qilindi. Ko’p o’zgaruvchili Gonchar kvazianalitik funktsiyalar sinfida yagonalik teoremasi isbot qilindi (F4-FA-0-16928).
Tajriba dalasi 2015 yil noyabrь oyida shudgor qilindi. 2016 yil fevralь-mart oylarida 2 marta sho’ri yuvildi. SHo’r yuvish me’yori 1500 – 2000 m3/ga. Dala tekislash, chizellash va molalash ishlarini o’tkazish uchun tayyorlanmoqda. Aprelь oyida “Dorivor o’simliklar bog’i”ga Xorazm viloyati tuproq – iqlim sharoitida yaxshi o’sib rivojlangan dorivor qashqarbeda, teshik dalachoy, dorivor limono’t, ortosifon (buyrak choy), o’tkir (nayza) bargli sano, oddiy bo’ymodaron, na’matak, va dorivor moychechak kabi o’simliklarning urug’lari ekildi. Tajriba dalasida yetishtirilayotgan dorivor o’simliklarning yaxshi o’sib rivojlanishi uchun tegishli agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.
Loyiha doirasida o’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 3 ta turdagi dori preparatlarining namuna variantlari (“Xiva” balьzami, “Xorazm” toniki va “Iridoflan”) ishlab chiqildi. Ushbu dori vositalari profilaktik perparat sifatida tavsiya etilib, o’zining tarkibida Xorazm Ma’mun akademiyasining dorivor o’simliklar bog’ida yetishtirilgan 20 ga yaqin dorivor o’simliklar saqlaydi. Loyiha bo’yicha olingan natijalar asosida respublika miqyosidaga ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi (Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun g’alla va dorivor o’simliklardan foydalanish istiqbollari”, 2016 yil 13-14 may) (F5-FA-0-32013).
Oldingi yillar davomida olingan ilmiy – tadqiqot ishlari natijalari uyg’unlashtirilib mikrobial planktonlardan Tuyamo’yin suv ombori suvlarining ifloslanish darajasi va xarakterini aniqlashda foydalanish imkoniyatlari baholandi. 2016 yil 15 aprelda “O’zbekiston Respublikasidagi suv omborlarining suvlarini tozalik darajasini aniqlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilib, loyiha doirasida erishilgan natijalar muhokama qilingan va ilmiy to’plam nashr etilgan.
2016 yilning 3 choragida suv omborining Ruslovaya suv ombori-damba, Sulton-Sanjar, Kaparas, Amudaryoning chap kirgogi qismlaridan suv namunalari olindi. Tuyamo’yin suv omborida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalarining tahlili shuni ko’rsatdiki, suv haroratining yilning kuz faslida (sentyabrь, 2016) suvning harorati 24,00S dan va 300S atrofida bo’lishi, havo harorati esa 300S dan 320S gacha ekanligi aniqlandi.
Olingan suv namunalarida muhit rN 6,0 dan 6,5 gacha ekanligi kuzatildi, bu esa mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun kulay muhit ekanligidan dalolat beradi. Suvning tiniqlik darajasi esa suv omborining namuna olingan qismlariga qarab turlicha ekanligi ma’lum bo’ldi. Suv tarkibidagi saprofit-geterotrof mikroorganizmlarning sonini aniqlash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari suv ombori suvlarida ularning miqdori 1 ml suvda 1,2x102 huj/ml dan 9,0x103 huj/ml gacha ekanligini, shuningdek ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining miqdori esa 1 ml suvda 0,2x10 dan huj/ml dan 2,0x10 xuj/ml atrofida ekanligini ko’rsatdi (F5-FA-0-12186).
Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlari katologining II jildiga kiruvchi 150 ta yig’ma jilddagi hujjatlar katologlashtirildi. Mazkur yig’ma jildlardagi hujjatlar tavsiflanib, ulardagi geografik, etnik nom va ayrim so’z, atamalarga izohlar yozildi (FA-A1-G015).
Mahalliy sharoitlarda yaratilgan kuzgi bug’doyning “Yaksart” va “Do’stlik” navlari, nazorat nav sifatida esa “Krasnodarskaya-99” navi hamda keyingi yillarda viloyatda sinalayotgan “Grom” navi 2 xil muddatda, 5 mln unuvchan urug’ hisobida 2015 yilning 1 oktyabrь va 10 oktyabrь kunlari ekildi va dala sug’orildi. Fenologik kuzatishlar natijasida, 1 m2 maydondagi ko’chatlar soni bo’yicha navlar o’rtasida birmuncha farq kuzatildi. Masalan, tajriba dalasida 1 oktyabrda ekilgan kuzgi bug’doy navlarining o’rta hisobda 1 m2 da gi tup soni bo’yicha “Krasnodarskaya – 99”, ya’ni nazorat navida 492 tani tashkil etdi. “Yaksart” navida-478 ta, “Do’stlik” navida-513 tani tashkil qildi. Xorazm viloyati uchun yangi hisoblangan kuzgi bug’doyning “Grom” navida 1 m2 da gi soni 435 ta bo’ldi. Tajriba dalasida 10 oktyabrda ekilgan kuzgi bug’doy navlarining o’rta hisobda 1 m2 da gi tup soni bo’yicha “Krasnodarskaya – 99” navida 446 ta, “Yaksart” navida-433 ta, “Do’stlik” navida-462 tani tashkil etdi. Kuzgi bug’doyning Grom navida 1 m2 da gi tup soni 401 ta ekanligi aniqlandi.
Fenologik kuzatish natijalariga ko’ra, 1 oktyabrda ekilgan kuzgi bug’doy navlarining naychalash bosqichi 07.03.2016 dan 12.03.2016 gacha davom etdi. Tajribadagi barcha navlar 18.04.2016–22.04.2016 oralig’ida boshoqlash davriga kirdi. Dastlabki boshoqlash davri “Yaksart” va “Krasnodarskaya–99” navlarida 18 aprelda, “Do’stlik” va “Grom” navlarida esa 19 aprelda kuzatildi. Kuzgi bug’doyning barcha navlarida 24 apreldan – 30 aprelgacha gullash davrini o’tadi. Sut pishish fazasi esa kuzgi bug’doyning o’rganilayotgan barcha navlarida 01.05.2016-08.05.2016 oralig’ida kuzatildi. 10 oktyabrda ekilgan kuzgi bug’doy navlarida esa, naychalash bosqichi 15.03.2016 dan 20.03.2016 gacha davom etdi. Tajribadagi barcha navlar 23.04.2016–27.04.2016 oralig’ida boshoqlash davriga kirdi. Dastlabki boshoqlash davri “Yaksart” va “Krasnodarskaya–99” navlarida 23 aprelda, “Do’stlik” va “Grom” navlarida esa 24 aprelda kuzatildi. Kuzgi bug’doyning barcha navlarida 29.04.2016 – 05.04.2016 gullash davrini o’tadi. Sut pishish fazasi esa kuzgi bug’doyning o’rganilayotgan barcha navlarida 06.05.2016–13.05.2016 oralig’ida kuzatildi.
Fenologik kuzatishlar (to’la pishishi, bir boshoqdagi don soni, 1 m2 dagi mahsuldor poyalar soni, 1000 dona urug’ og’irligi va don hosili) natijalariga ko’ra, mahalliy sharoitlarda yaratilgan istiqbolli Yaksart va Do’stlik navlari Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitlarida yaxshi o’sib rivojlanishi aniqlandi. 1 oktyabrda ekilgan tajriba dalalarida bir boshoqdagi don soni o’rtacha 28-32 tani tashkil qildi. 1 m2 dagi mahsuldor poyalar soni o’rtacha 567-627 oralig’ida bo’lib, eng ko’p mahsuldor poyalar soni Yaskart (627) va Do’stlik (583) navlarida kuzatilgan bo’lsa, eng kam mahsuldor poyalar soni Grom (569) va Krasnodarskaya-99 (567) navlarida aniqlandi. 1000 dona urug’ og’irligi o’rtacha 38,0-42,2 g. ni tashkil qilib, eng yuqori ko’rsatkich Yaksart (42,2 g.), Do’stlik (40,8 g.) navlarida kuzatildi. Don hosildorligi o’rtacha 61,3 – 70,5 ts/ga. ni tashkil qilib, eng yuqori don hosili Do’stlik (70,5 ts/ga) va Yaksart (70,0 ts/ga) navlarida kuzatildi. Eng past don hosili esa Krasnodarskaya-99 – 61,3 ts/ga va Grom – 63,7 ts/ga navlarida aniqlandi.
10 oktyabrda ekilgan tajriba dalalarida esa bir boshoqdagi don soni o’rtacha 26-30 tani tashkil qildi. 1 m2 dagi mahsuldor poyalar soni o’rtacha 545-588 oralig’ida bo’lib, eng ko’p mahsuldor poyalar soni Yaskart (588) va Do’stlik (558) navlarida kuzatilgan bo’lsa, eng kam mahsuldor poyalar soni Grom (552) va Krasnodarskaya-99 (545) navlarida aniqlandi. 1000 dona urug’ og’irligi o’rtacha 37,5-41,3 g. ni tashkil qilib, eng yuqori ko’rsatkich Yaksart (41,3 g.), Do’stlik (39,1 g.) navlarida kuzatildi. Don hosildorligi o’rtacha 58,8 – 68,5 ts/ga. ni tashkil qilib, eng yuqori don hosili Do’stlik (68,5 ts/ga) va Yaksart (67,1 ts/ga) navlarida kuzatildi. Eng past don hosili esa Krasnodarskaya-99 – 58,8 ts/ga va Grom – 62,5 ts/ga navlarida aniqlandi.
Loyiha bo’yicha olingan natijalar asosida respublika miqyosidaga ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi (Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun g’alla va dorivor o’simliklardan foydalanish istiqbollari”, 2016 yil 13-14 may). (FA-A9-T100).
Xumbuztepa yodgorligining arxeologik jihatdan tadqiq qilinishiga doir ma’lumotlar bazasi to’plandi. Xumbuztepa topilmalari tahlil qilinib, uning nafaqat qadimgi Xorazm, balki O’rta Osiyoning mil.av. VII – II asrlardagi hunarmandchilik tarixida tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. SHu bilan birga yodgorlik hududida aniqlangan mil.av. V asrga oid zardushtiylik ibodatxonasi va otashgoh Xorazm va O’rta Osiyoda Zardushtiylikning taraqqiyotini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ibodatxonaning otashgoh qismi konservatsiya qilindi. Ibodatxonaning devorlari 1 metrgacha ko’tarildi. Xumlarning o’rni ochiq qoldirilib, pol ta’mirlandi. Otashgoh usti yengil konstruktsiya asosida bostirma shaklida yopildi (12x5). Konservatsiya va bostirma ishlarida Hazorasp tumani hokimligi texnika va ishchilar bilan yaqindan yordam berdi. Xumbuztepa (Baratov S.R., Sadullaev B.P., Xiva: Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo’limi, 2015. 6.5 b.t.) monografiyasi, Xumbuztepa arxeologik yodgorligini restavratsiya va konservatsiya qilish (Sadullaev B.P., Abdullaev T.P., Xiva, 2015. 1.5 b.t.) risolasi va Xumbuztepa arxeologik yodgorligini sayyohlik markaziga aylantirish tavsiyasi (Abdullaev T., Abdullaev M. Xiva, 2015. 0.5 b.t.) nashr etildi. Xumbuztepa haqida bukletlar tayyorlandi va Xumbuztepa ma’lumotlar bazasi (Baratov S.R., Sadullaev B.P., Abdullaev T.P., Abdullaev M.S. 9 b.t.) dasturiy mahsulotlar uchun guvohnoma olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga taqdim qilindi. (I1-FA-0-14599).
Beauveriya tenella zamburug’i laboratoriya sharoitida termitlar tanasiga sun’iy ravishda yuqtirilganda ko’p miqdordagi (deyarli 100 %) termitlarning nobud bo’lishi aniqlandi. Boshqa zamburug’ turlari termitlarga nisbatan virulent bo’lib, ularning sonini boshqarishda kuchli ta’sirga ega emas (Alternaria alternate, Cladosporium brevi-compactum, Scopulariopsis brevicaulis, A.orysae, Aspergillus flavus), ularning samaradorligi 4 – 60 % gacha bo’lishi kuzatildi. Beauveriya tenella termitlarning imago shaklidan boshqa barcha kastalarida kasallik chaqiradi. Termitlar tanasiga tushgach, 4 kundan so’ng termitlar nobud bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi loyiha yuzasidan 20.04.2015 y foydali modelga patent berish to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Foydali model nomi “Termitlarga qarshi yemxo’rak qurilmasi” Xalqaro patent tasnifi 8F01/20 Mualliflar: R.A.Eshchanov, I.I.Abdullaev, R.S.Ro’zmetov, A.A.Nurjanov. Tayyorlangan yem – xo’raklar har xil usulda shipga, devor orasiga maxsus asboblar yordamida va loy bilan ship yuzasiga o’rnatilib ularning samaradorligi qiyosiy solishtirib o’rganildi. Natijada loy bilan devorga va ship yuzasiga o’rnatilgan xo’raklar samardorligi yuqori bo’ldi (I5-FA-0-15516).
2015 yilda loyiha ishi bo’yicha paxta hosilidan jami 1687 ta yakka tanlovlar yig’ishtirib olindi. 2016 yil yanvarь oyida olingan har bir yakka tanlovdan 6 tadan letuchkalar olinib alohida konvertlarga solindi va paxta hosili, ko’sak og’irligi o’lchandi. SHuningdek, yig’ishtirib olingan barcha yakka tanlovlar tolasini ajratib olish uchun jingovuzdan o’tkazildi. Fevralь oyida laboratoriya sharoitida chigit og’irligi, tola uzunligi, tola chiqimi va hosildorlik bo’yicha tahlillar o’tkazilib, tola uzunligi 34 – 35 mm dan yuqori bo’lgan 745 ta yakka tanlovlar ekish uchun alohida girlyanda qilinib bog’lab qo’yildi.
G’o’zaning yangi “Xurma” hamda “Niyat” navlaridan yakka tanlov va oilaviy terim asosida olingan chigitlar 2016 yil 13-15 aprelь kunlari Xorazm Ma’mun akademiyasi tajriba dalalariga qo’lda ekildi. SHuningdek, “Xurma”, “Niyat” navlari hamda L-86 kam bargli tizmasi, 518 – oila mikroneyer – 4,0; 522 – oila mikroneyer – 4,0; 529 – oila mikroneyer – 4,3 va boshqa qimmatli xo’jalik belgilari bilan amaliy qiziqish uyg’otuvchi tizmalar ekildi. Selektsion pitomnik asosan 14 ta delyankalarga bo’lingan bo’lib, delyankalar orasida 50 sm yo’lakcha qoldirildi. Ko’chat qalinligi 60x20x1. 2016 yil 22 aprelda g’o’za nihollari unib chiqa boshladi. Dalada o’tkazilgan fenologik kuzatuvlarga ko’ra 25 mayda 2-delyankaning, 3-qator, 5-uyadagi o’simlikda 5 ta chinbarg bo’lib, bo’yi 13 sm, 1-delyankaning 9-qator, 6-uyadagi o’simlikda 4 ta chinbarg bo’lib, bo’yi 12 sm, 6-delyankaning 24-qator, 16-uyadagi o’simlikda 6 ta chinbarg bo’lib, bo’yi 15 sm bo’lganligi aniqlandi. Boshqa delyankalardagi qatorlarda ham 4-5 ta chinbarg chiqargan g’o’za ko’chatlari aniqlandi.
Tajriba dalalarida agrotexnik tadbirlar davom qildirildi. 1-sug’orish ishlari 30-iyunda, 2-sug’orish ishlari esa 15 iyulda olib borildi. 25 iyul kuni g’o’za qator oralari kulьtivatsiya qilindi. Fenologik kuzatuv natijalariga ko’ra 22 iyunda 2-delyankaning, 3-qator, 5-uyadagi o’simlikda 1 ta gul, 3-4 ta shona bo’lib, bo’yi 45 sm, 1-delyankaning 9-qator, 6-uyadagi o’simlikda 1 ta gul, 2-3 ta shona bo’lib, bo’yi 43 sm, 6-delyankaning 24-qator, 16-uyadagi o’simlikda 1 ta gul, 4-5 ta shona bo’lib, bo’yi 50 sm; 2 avgustda 1- delyankaning, 2-delyankaning, 3-qator, 5-uyadagi o’simlikda 4-5 ta gul, ko’sak soni 5-6 ta bo’lib, bo’yi 88 sm, 1-delyankaning 9-qator, 6-uyadagi o’simlikda 5-6 ta gul, ko’sak soni 6-7 ta bo’lib, bo’yi 91 sm, 6-delyankaning 24-qator, 16-uyadagi o’simlikda 5-6 ta gul, ko’sak soni 7-8 ta bo’lib, bo’yi 90 sm; 2 sentyabrda 2-delyankaning, 3-qator, 5-uyadagi o’simlikda ko’sak soni 12-14 ta bo’lib, ko’saklar 4-5 simpodiygacha ochilgan, bo’yi 112 sm, 1-delyankaning 9-qator, 6-uyadagi o’simlikda ko’sak soni 14-15 ta bo’lib, ko’saklar 5-6 simpodiygacha ochilgan, bo’yi 117 sm, 6-delyankaning 24-qator, 16-uyadagi o’simlikda ko’sak soni 13-14 ta bo’lib, ko’saklar 5-6 simpodiygacha ochilgan, bo’yi 119 sm bo’lganligi aniqlandi (FA-A9-T101).
Loyhaning ish rejasiga muvofiq UrDU hududidagi va Urganch shahar ko’chalaridagi namunalarda, daraxtlarning nisbiy tinim davridagi tana yo’g’onlashishining eng yuqori ko’rsatkichi 15.01 kunida Biota orientalis Endl.ning asosiy tanasining yo’g’onligi o’rtacha 4 takrorlanishda 33,600 sm ni, 29.02 dagi kuzatuvda 36,725 sm ni tashkil etib, 3,125 sm ga teng ekanligi kuzatildi. Eng past ko’rsatkich Fraxinus viridis Michx, 15.01 kunida asosiy tanasining yo’g’onligi o’rtacha 4 takrorlanishda 32,375 sm ni, 29.02 dagi kuzatuvda 33,275 sm ni tashkil etib, yo’g’onlashish o’rtacha 0,900 sm ni tashkil etdi. Qolgan daraxtlarda asosiy tananing yo’g’onlashishi 1,05 sm dan 1,7 sm o’rtasida bo’lganligi kuzatildi.
Qishgi haroratning iliq kelishi natijasida daraxtlarda generativ kurtaklar Ulmus uzbekistanica Drob.da yanvarь oyining 30 kunida uyg’ona boshlagani kuzatildi.
Barglarning eniga va bo’yiga o’sish jadalligi bo’yicha 07.05.2016 kuniga Populus alba L. da eniga 6.5, bo’yiga 7.6 sm ni, Fraxinus viridis Michx daraxtida mos ravishda 3,7; 5.5 sm, nisbatan pastroq murakkab bargli Sophora japonica va Cyleditschiatria cantos L. daraxtlarida bargchalarning kattaligi mos ravishda 0.4; 1.3 sm ni tashkil etdi.
O’rganilayotgan daraxtlarning eng muhim xususiyatlardan, transpiratsiya va barglarining havodagi changlarni ushlash qobiliyatlaridir. Kuzatuv natijalariga ko’ra, havoni namlik bilan transpiratsiya jadalligi bo’yicha ta’minlashda Ulmus uzbekistanica Drob., 6,1 sm2 mg/soat suv bug’latib, changlardan tozalashda esa 0,067 mg/barg ni tashkil qilib, shahar sharoiti uchun o’rganilayotgan boshqa daraxtlarga nisbatan ustun ekanini ko’rsatdi (FA-A7-T103).
Xorazm viloyatida asosan kuzgi bug’doyning 7 ta mahalliy va 8 ta chetdan keltirilgan navlari ekilib kelinmoqda. Mahalliy navlar hosil miqdori va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha chetdan keltirilgan navlar bilan raqobatlasha oladi. Mahalliy navlar orasida “Yaksart”, “Yonbosh” va “Asr” kabi navlar o’zining yuqori sifat ko’rsatkichlari bilan ajralib turishi aniqlandi. Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan mahalliy kuzgi bug’doy navlarining kelib chiqishi, yaratilgan tuproq-iqlim sharoitidagi biometrik ko’rsatkichlari va biokimyoviy tarkibi haqida batafsil ma’lumotlar yig’ildi.
Mavzu yuzasidan dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy izlanishlar o’rganib chiqildi. Navlarning fenotip xususiyatlari dala sharoitida taqqoslab o’rganildi. Xorazm viloyatida asosiy ekin maydonlariga ekilayotgan kuzgi bug’doy navlarining 10 tasi qiltiqsiz, lyutestsens turiga mansub, don rangi qizil hisoblanadi. Qolgan navlar esa qiltiqli, eritrospermum turiga mansub bo’lib, qiltiq rangi oq hisoblanadi. Yetishtirilayotgan navlarning aksariyati qurg’oqchilik va sho’rlanishga chidamli. “Krasnodarskaya-99”, “Zvezda” va “CHillaki” navlari past bo’yli bo’lib, o’rtapishar, “Do’stlik”, “Yaksart” va “Yonbosh” navlari esa uzun bo’yli ertapishar navlar ekanligi fenologik kuzatuvlarda aniqlandi.
Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan 15 ta kuzgi bug’doy navdan xozirgi kunga qadar 7 tasining glyuten oqsillari bo’yicha qiyosiy o’rganildi. O’rganilgan navlar orasida “Yaksart”, “Do’stlik”, “Yonbosh”, “Vostorg” va “Krasnodarskaya-99” navlarining glyuten oqsillari yuqoriligi bilan boshqa navlardan farqlandi. “Yaksart”, “Do’stlik” va “Krasnodarskaya-99” navlarining dastlabki elektroforegramma natijalari asosida gliadin oqsillari major va minor komponentlariga qarab tahlil qilindi (YoA8-FA-T044).
Mustaqillik yillarida Xorazm tasviriy san’ati haqidagi ma’lumotlar to’planib, ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xorazmlik rassomlar, ularning asarlari va asosiy yo’nalishlari tahlil qilindi. Yosh rassomlar ijodiy uchrashuvlar tashkil qilinib, ijodining o’ziga xos jihatlari aniqlandi. Xorazmda ijod qilayotgan 30 dan ortiq rassomlarning hayoti va faoliyati bo’yicha ma’lumotlar yig’ilib, tahlil qilindi. Tasviriy san’atda yosh rassomlar va ular ijodining o’ziga xos jihatlari o’rganildi. Xorazm tasviriy san’atida tarixiy mavzuning ustuvorligi va uning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq qilindi (YoF1-FA-G003).