2007-2011 yillarga mo’ljallangan 6 ta fundamental va 2009-2011 yillarga mo’ljallangan 7 ta ilmiy texnik loyihalar ustida ilmiy tadqiqotlar amalga oshiridi:
– “Kompleksnaya teoriya potentsialov i integrirovanie nelineynqx evolyutsionnqx uravneniy s istochnikom” mavzusi bo’yicha: separat meromorf funktsiyalarni davom qilishi o’rganilib, ularning meromorflik qobig’i aniqlandi. Gonchar teoremasining meromorf sinfidagi anologi isbotlandi. Moslangan manbali modifitsion Kortevega-de Friz tenglamasi yechilgan
– “Xorazm vohasi sharoitida istiqbolli g’o’za navlari introduktsiyasining ilmiy asoslari” mavzusi bo’yicha 20 ta: Xorazm – 127, Ko’paysin, Beshqaxramon, Ishonch, FAN – 1, AN – 517, Navbahor – 2, AN - 16, O’n ko’rg’on – 2, Ilg’or, AN – 514, L – 7 (Mo’hjiza), AN – 130, O’zFA – 703, Kelajak, Mehnat, SHodlik – 3, AN – 516 dv (uzun tolali) va Buxoro – 102 g’o’za navlari tajriba dalalariga ekilib, ularning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi hamda bioekologik xususiyatlari, shuningdek, yetishtirish agrotexnologiyalari o’rganildi.
– “Xorazm viloyati sharoitida Qovun pashshasi (Myio’ardalis ‘ardalina)ning biologiyasi, ekologiyasi va tarqalish arealini o’rganish” mavzusi bo’yicha: Xiva, Hazorasp, Bog’ot va Yangiariq tumanlarida qovun dalalarining sxematik xaritalari tuzildi. Qovun agrotsenozida uchraydigan hasharot turlarining xar xil yoshdagi individlarini to’plangan. Qovun agrotsenozida to’plangan zararkunanda turlarining tur tarkibi aniqlandi.
– “Benzazollarning gidrofob-liofillik balansini gerbitsidlik faolligiga tahsirini nazariy asoslash” mavzusi bo’yicha Benzoksazolin-2-onlar, benzotiazolin-2-onlar va benzimidazolin-2-onlarning aromatik halqasini galogenlash va nitrolash reaktsiyalari muntazam o’rganilib, tegishli 6-galogen (xlor, brom)- va 6-nitrobenzazolin-2-onlar sintezi amalga oshirilgan. Benzazolin-2-tionlarning galogenlash reaktsiyalari natijasida esa 2-galogenbenzazollarni hosil bo’lishi aniqlandi.
– «Истоки урбанизированной культуры древнего Хорезма (по материалам погребальных комплексов Южного Хорезма ВИИИ в. до н. э. – В вв.н.е.)» mavzusi bo’yicha Dala qazish ishlarida 5 ta mozor-qo’rg’on qazib o’rganildi, Ulardan 2 tasi ilk sak davriga oid (mil.av. VIII – VII asrlar) qabrlar bo’lib yer ustida joylashgan. Yana 2 ta qabr-qo’rg’onlar tuzilishi jihatidan ilgari Xorazmda uchramagan tiplarni tashkil etadi. Ularning bittasida 1,5 m chuqurlikda yon tokchaga qo’yilgan dastavval go’shtidan tozalangan odam suyaklari aniqlandi. Bu inshootdagi topilmalar “Videvdot”da keltirilgan zardushtiylik dini bilan bog’liq dafn tartiblari bilan aloqadorligini ko’rsatdi.
– “Xorazm davlatchilik tarixi”(Qadimgi davrlardan 1924 yilgacha) loyiha mavzusi bo’yicha: “Xorazm davlatchilik tarixi” chop qilinadigan monografiyaning yakuniy prospekti tayyorlangan. Olingan natijalar asosida 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qilindi. Mazkur monografiya o’zbek davlatchiligining qadimiyligini ilmiy nazariy jihatdan asoslaydi.
– “Xiva xonlari arxiv hujjatlari katologi” mavzusi bo’yicha: Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlarining katologini yaratish ishlari davom qildirilmoqda Xiva xonligining qo’shni davlatlar bilan savdo-diplomatik aloqalari tadqiq qilindi. Xonlarning yorliq, inoyatnoma va vaqfnomalari o’rganildi. Arxivning 125-f yig’ma jildidagi 660 yig’ma jildning katologi yaratildi.
– “Janubiy Xorazm o’rta asr shaharlarining moddiy madaniyati tarixi (Xorazm viloyatidagi arxeologik yodgorliklar misolida)” mavzusidagi loyiha bo’yicha: Kat qalha topografik tuzilishi, mudofaa tuzilishiga oid olingan ashyolar Xorazm vohasida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o’rganishda muhim o’rin tutdi. Kat qalha va Zorliq Eshon bobo yodgorliklaridagi milodiy VII – VIII, IX – XII va XVI – XVII asrlarga oid arxeologik manbalar ilmiy jihatdan o’rganildi.
– “Xorazm vohasi sharoitida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish va shu asosda ekinlar hosildorligini ko’paytirish” granti doirasida: Xorazm viloyati hududida mavjud bo’lgan barcha ekin maydonlari tuproqlari va qishloq xo’jaligi ekinlari to’g’risidagi statistik mahlumotlar yig’ilib tahlil qilindi.
– “Xorazm viloyati sho’rlangan tuproqlari sharoitida mineral fosfotlarni mobilizatsiyalovchi mikroorganizm shtamiini yaratish” granti bo’yicha: Fosformobilizatsiyalovchi mikroorganizmlarning tur tarkibini o’rganish bo’yicha tegishli laboratoriya analizlari o’tkazilmoqda. To’plangan materiallar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Fosformobilizatsiyalovchi bakteriyalarni xivchinlari va sporalari gramm usulida bo’yalib, ularning gramm manfiy bakteriyalarga mansub ekanligi aniqlandi. G’o’zada kasallik chaqiruvchi zamburug’lardan ildizchirish kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’ va alternariya zamburug’-lariga nisbatan antogonizmi tadqiq qilindi. Fosformobilizatsiyalovchi bakteriyalarning koloniyalari va hujayra tuzilishi o’rganildi.
– “Xorazm vohasida sug’oriladigan yerlarning unumdorligini saqlash, uni oshirish hamda ekologik sof, sifatli va mo’l hosil olishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish” mavzusi bo’yicha: Xorazm viloyati hududida mavjud bo’lgan barcha ekin maydonlari tuproqlarining mexanik, fizik, agrokimyoviy xossalari, meliorativ holati, mikrobiologik xususiyatlari kabi mahlumotlar yig’ildi. Yerlardan unumli foydalanish hamda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida oraliq va takroriy ekinlaridan raps, tritikale, soya, mosh va ozuqaviy ekinlardan Qashqarbeda, Kolumb o’ti, oq jo’xori, makkajo’xori, sudan o’ti ekilib sinalmoqda.
– “Xorazm vohasi sharoitida ekilayotgan va chetdan keltirilayotgan istiqbolli bug’doy navlari urug’lik materiali va don sifat ko’rsatgichlarining tuproq-iqlim sharoitiga, tuproq meliorativ holatiga, ekologik va boshqa sharoitlariga bog’liq holda o’zgarish qonuniyatlari va ularni yaxshilashning samarali tizimini ishlab chiqish” mavzusi bo’yicha: Viloyatdagi turli darajada sho’rlangan, unumdorligi turlicha bo’lgan tuproqlar va ulardagi subbirrigatsion jarayonlarning sizot suvlarining dinamik holati va uning “Bo’zqalha”, “Krasnodar-99”, “Kupava” bug’doy navlari ekin maydonlariga umumiy tahsiri o’rganildi.
– “Janubiy Orolbo’yi mehmoriy yodgorliklarining turg’unligini va umrboqiyligini tahminlash uchun ularni texnik holatini baholash va monitoringini o’tkazish” bo’yicha: Xorazm tarixiy mehmoriy yodgorliklaridan: Urganch tumanidagi paxsa devor yodgorligi hisoblangan “Ulli hovli” majmuasi, Xiva tumanidagi Deshon qalhaning devori, Shohimardon majmuasi, Xorazmshohlar madrasasi, To’rt Shovvoz bobo majmuasi va Bikajon Bika madrasalarining texnik holatlarini ilmiy tahlil qilish uchun ularda monitoring kuzatuv ishlari olib borildi. Xorazm tarixiy-mehmoriy yodgorliklaridan: “Qalajiq” qalhasi, “Avazdunak” qalha qo’rg’oni, Hazorasp qalhasi, Qo’yqirilganqalha, Gaur qalha, Ayoz qalha -1, Mizdakxon majmuasining texnik holatlari ilmiy tahlil qilindi.
– “Xorazm mehmoriy yodgorliklari yog’och konstruktsiyalarining xususiyatlari va ular bo’yicha mahlumotlar bazasini tayyorlash” loyiha bo’yicha: qadimiy xorazmlik yog’och o’ymakorlarning tarixiy merosini ilmiy o’rganish va ularni kelgusi avlodlarga yetkazish uchun maxsus risola, hamda ushbu sanhat asarlarining katalogini tuzib chop etish va ular bo’yicha “Mahlumotlar banki”ni tayyorlash ishlari amalga oshirildi. “Ichon qalha” davlat muzey qo’riqxonasidagi yog’och konstruktsiyalarning hozirgi vaqtdagi texnik holati, tuzilishi, naqshlari, yozuvlari bo’yicha mahlumotlar va fotonusxalar tayyorlandi. Toshhovli majmua-sidagi Ogahiy satrlari bitilgan marmar lavhdan va Abdurasulboy madrasasi peshtoqidagi marmar lavhdan nusxalar tayyorlandi.
O’tgan davrda 7 ta fundamental, 7 ta ilmiy amaliy va bitta innovatsiya loyihalari ustida 55 nafar olimlar, jumladan, 11 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar.