Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan 12-son umumiy o’rta ta’lim maktabi o`quvchilari uchun «Kostitutsiya bizning faxrimiz» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida maktab o’qituvchilari ham o’quvchilar faol qatnashishdi. Xorazm Ma’mun akademiyasi Yuriskosulti A.Yusupov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida davra qatnashchilariga ma’lumotlar aytib o’tdi. Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozisiyasi yetakchisi mutaxasisi R.Bog`bekov Ma’mun akademiya tarixi muzey va fan yangiliklari bilan tanishtirdi. Muzey fond saqlovchisi Sh.Ibragimova muzey eksponatlarini tushuntirib o`tdi. Undan so`ng Axborot resust markazi mudiri R.Zaripova kutubxona bilan tanishtirib, yangilangan Konstitutsiyasi haqida ma`lumot berib o`tdi va Konstitutsiya burchagidagi kitoblar ko`rgazmasi bilan tanishtirdi. O`quvchilar o`zlari bilgan Konstitutsiya moddalarini aytib berishdi.