Mazkur yilning 23-26 avgust kunlari qadimiy va navqiron Samarqand shahrida Congress Center anjumanlar zalida "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" VIII xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Kongressda 35 ta mamkakatdan 300 ga yaqin xorijiy, mahalliy olimlar, mutaxassislar ishtirok etishdi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov oʻqib eshittirdi. Bir qator martabali mehmonlar tabrik uchun soʻzga chiqdilar. Kongressda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyalarini, kutubxonasi, shuningdek Imom Buxoriy muzeyi ekspozitziyalari muhokamasi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur Kongressda Fanlar akademiyasidan 24 nafar olimlar faol ishtirok etishdi. Ushbu olimlar qatorida Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, biologiya fanlari doktori, professor Abdullayev Ikrom Iskandarovich ham faol ishtirok etdi. Ushbu Xalqaro kongressida dunyoning 300 ga yaqin olimlari, muzey ва kutubxona rahbarlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari O'zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash ва ommalashtirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishib, muhokamalar o‘tkazishdi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi Ikrom Iskandarovich Xalqaro kongress mobaynida bir qator xorijlik olimlar bilan so‘zlashib, kelgusida Turkiya, Qirg’iziston, Turkmaniston kabi davlat olimlari bilan shartnomalar imzolash kelishib olindi.