Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo‘limi DSc doktoranti, b.f.f.d, k.i.x. N.U.Xamrayev tomonidan zoom platformasi orqali Vengriya qishloq xo’jaligi va hayot fanlari universitetida tashkil qilingan “7 chi Suv xalqaro ilmiy konferensiya” sida “Vengriya seleksiyasiga mansub sholi navlarining Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida iqlimlashtirish va ularning biometrik parametrlari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok qildi. Ushbu konferensiyada Serbiya, Ruminiya, Vengriya va boshqa ko‘plab Evropa davlatlarining nufuzli Ilmiy tadqiqot institutlari olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok qilishdi.
Kelgusida Vengriya qishloq xo’jaligi va hayot fanlari universiteti bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.