Xorazm Ma'mun akademiyasi bir guruh olimlari Qirg'izistonning Issiq ko'l hududidagi "Turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, tili va adabiyotining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok qilmoqdalar. Simpoziumning ochilish marosimi joriy yilning 1-avgust sanasida bo'lib o'tdi. Simpozium o'z ishini 3-avgustgacha davom ettiradi. Xalqaro darajadagi mazkur ilmiy-amaliy simpoziumda Turkiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi turkiy davlatlardan kelgan olim va olimalar ishtirok qilmoqdalar.