Khorezm Mamun academy

Хorazm Ma’mun akademiyasi arxeolog olimlari 3,5 ming yillik mozor-qo’rg’on topishdi

19-07-2024     News

Хorazm Ma’mun akademiyasi arxeolog olimlari Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hududida 2024 yilga rejalashtirilgan arxeologik dala qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Tadqiqotlar B.P.Sadullayev rahbarligida Sh.B.Raximov S.U.Sobirov va F.R.Matqurbanovlar ishtirokida olib borilmoqda.

Arxeologik qidiruv ishlari Qizilqum cho’li sarhadlarida olib borilmoqda. Tadqiqotlar jarayonida Xorazm vohasining janubida qadimgi chorvador qabilalar tomonidan qoldirilgan madaniyat izlari – mozor-qo’rg’onlar o’rganilmoqda.

Kuni kecha arxeolog olimlarimiz tomonidan 3,5 ming yillik tarixga borib taqaluvchi Andronovo madaniyatiga mansub mozor-qo’rg’on ochildi. Mozor-qo’rg’on qurilishida katta tosh plitalardan foydalanilgan bo’lib, bunday tipdagi mozor-qo’rg’onlar Xorazm tarixida kam uchraydigan topilmalardan hisoblanadi. Ushbu topilmalar Janubiy Xorazm sarhadlarida mil.av. II ming yillikda Amudaryo bo’ylab ko’chib yurgan qadimgi xalqlarning madaniyati, turmush tarzi va dafn tartiblarini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.

Arxeologik qidiruv ishlari davom etmoqda.