Khorezm Mamun academy

Ko’rgazmali seminar tashkil qilindi

17-05-2024     News

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 16-noyabrdagi 605-sonli qarorida Respublikada termitlarga qarshi kurashishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalarni respublikada joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish kabi vazifalar ilgari surilgan.

Ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan bugun Xorazm Ma'mun akademiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda  “Shahar va tumanlar hududida termit zararkunanda hashoratlari tarqalgan ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi xonadonlarining holatini monitoring o‘rganish, xatlovdan o‘tkazish, ular yetkazayotgan zararlarni aniqlash tadbirlari” mavzusida ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy hodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari bilan birgalikda talaba yoshlar hamda ushbu mavzuga qiziquvchan Xorazm viloyati aholisi qatnashishdi. Seminarda termitlarga qarshi kurashish chora tadbirlari va qarshi kurash usullari haqida ma'lumotlar berildi.

Seminarning ikkinchi qismi Ichan-qal'a davlat muzeyi hududida joylashgan Juma masjidida olib borilib termitlarga qarshi kurash choralari olib borish jarayonlari bilan tanishildi.