Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” jurnaliga maqola qabul qilish tartibi

22-06-2017     "Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi" jurnaliga maqola qabul qilish

 

Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi 2006 yildan buyon yilda 4 (3 oyda bir) marta chop qilinadi. Axborotnomada ilm-fanning barcha sohalari bo’yicha o’zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar nashr etiladi. Axborotnomaga maqolalar quyidagi tartibda qabul qiinadi: maqola hajmi 0,25 bosma taboqdan kam bo’lmasligi, 1 b.t. dan ko’p ortiq bo’lmasligi lozim. Maqola tahriryatga Times New Roman shrifti, 14 o’lchovda, 1,5 qator oralig’ida, chap tomondan 3 sm., yuqori va past tomondan 2,5 sm., o’ng tomondan 1,5 sm. qoldirilgan holatda A4 formatli standart qog’ozning bir tomoniga chop etilgan va muallif(lar)ning shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan holda bir nusxada topshirilishi zarur. Elektron shakli MS Word dasturi, rtf. formatda disk orqali yoki mamunaxborot@umail.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Maqola tegishli fan sohasi bo’yicha fan doktori taqrizi va ITM yoki OTM tomonidan ekspert xulosasiga ega bo’lishi talab qilinadi.

Maqola rasmiylashtirilganda, dastlab yuqori сhap tomomndan UO`T (UDK)  qaydi, bir oraliqdan so’ng bosh xarflarda maqola mavzusi, keyingi satrda  muallif(lar)ning ismi, sharifi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ish joyi va
lavozimi to’liq yoziladi. Keyin o’zbek, ms va ingliz tillarida annotatsiya va kalit so’zlar keltiriladi. Annotatsiya 2-3 jumladan iborat bo’lib, o’zida maqola mazmunini ifodalashi lozim. Kalit so’zlar mavzuni ochib beradigan 10 tadan oshmagan so’z va iboralardan iborat bo’lishi kerak. Maqolada kirish, mavzuning dolzarbligi, masalaning mazmuni, yechim hamda tegishli xulosa va tavsiyalar keltirilishi, so’z, ibora va formulalar aniq ifodalangan, gap va jumlalar tizimli bo’lishi talab qilinadi.

Tahririyat maqolalami tahrir qilish va qisqartirish huquqiga ega. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan maqolalar axborotnomada e’lon qilinmaydi. Maqola mualliflariga tahririyat qo’lyozmalarni qaytarish va yozma javob berish majburiyatini olmaydi.