Хорезмская академия Маъмуна

Xalqaro anjuman tafsiloti

08-05-2024     Новости

2024-yil 7-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda Ozarbayjon Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamkorligida Ozarbayjon xalqi buyuk yetakchisi prezident Haydar Aliyev tavalludining 101 yilligiga bag‘ishlangshan “Yashil dunyo: ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. 

Anjuman ochilish qismida Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi b.f.d., prof. I.I.Abdullayev onlayn kirish so‘zi bilan qatnashdi. Prof. I.I.Abdullayev nutqida anjuman ishtirokchilarini tabriklash qatori Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi va buguni haqida qisqa so‘z yuritdi.

Anjuman doirasida Iqtisodiyotni boshqarish, AKT va ekologiya, Ijtimoiy-gumanitar sohalarga bag‘ishlangan o‘nlab mamlakatlar olimlari ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy kotibi, g.f.n., k.i.x. D.R.Ruzmetov “Становление текстильной промышленности Узбекистана, структурные и некоторые территориальные изменения отрасли” mavzusida onlayn ma’ruzasi bilan qatnashdi.