Xorazm Ma'mun akademiyasi

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI QOSHIDAGI DOKTARANTURA

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarga muvofiq tabiat va jamiyatning taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental, amaliy bilimlarni yaratish, fan va texnologiya sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish, oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash hamda yoshlarning ilmiy ijodini qo’llab-quvvatlash maqsadida respublikamizdagi ko’pgina ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari qatori Xorazm Ma’mun akademiyasida ham bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorazm Ma’mun akademiyasida 2000-yilda kunduzgi bo’limga 2 ta mutaxassislik bo’yicha, ya’ni biokimyo – 03.00.04 va O’simliklar fiziologiyasi – 03.00.12 mutaxassisliklari bo’yicha aspirantura tashkil qilindi. 2003-2009-yillarda bir qator yosh mutaxassislar aspiranturani muvaffaqiyatli tugatdilar. Jumladan, N.Rahimova, N.Safarova va D.Annamuratova, H.Ibragimov va Z.Allaberganovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.

Aspiranturani tugatgan xodimlar asosan Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va akademik litsey va kollejlarda faoliyat yuritmoqdalar.

2010-2012-yillarda stajyor-tadqiqotchi instituti 2012-2016-yillarda katta ilmiy xodim izlanuvchi instituti faoliyat yuritdi. 2017-yildan respublikamizda bazaviy doktarantura va doktarantura tashkil etilishi munosabati bilan ilmiy kadrlar tayyorlashga yanada e’tibor kuchaytirildi. Kirish imtihonlari yuqori saviyada tashkil etiladi. Doktaranturani samardorligini oshirish maqsadida Urganch davlat universiteti, Genetika va o`simliklar eksperimetntal biologiyasi instituti, O`simlik va hayvonot olami genofondi instituti, Biokimyo institutlari bilan hamkorilk qilinmoqda. Doktarantlarga professorlar K.S.Safarov, Sh.Yunusxanov, fan doktorlari R.Usmonov va Sh.Turdiqulovalar ilmiy rahbarlik qilib kelmoqdalar. Hozirda R.Madaminov b.f.d. R.Usmonov ilmiy rahbarligida “Impact assessment of stress factors on winter wheat development using remotely sensed data (Stress faktorlarning kuzgi bug`doy rivojlanishiga ta’sirini masofadan olingan ma’lumotlar yordamida baholash)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

2019 yilda akademiyaga 8 ta ixtisoslik doirasida doktoranturaga 12 ta tadqiqotchi qabul qilindi. Ilmiy tadqiqotlar doirasida hamkorlik kengaytirildi. Xususan     O’zR FA Bioorganik kimyo instituti, Qoraqalpoq Fanlarakademiyasi, O’zbekiston Milliy Universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Doktorantlarga kimyo fanlari doktori, akademik Ibragimov Baxtiyor Tulaganovich, kimyo fanlari doktori, professor Qodirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori Smanova Zulayho Asonalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Kutlimuratova Nigora Xakimovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent Babaev Zabibulla Kamilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Bekchanov Xudaybergan Uskinovich, biologiya fanlari doktori, professor Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor To’xtaev Bobokul Yorkulovich qishloq xo’jalik famlari doktori, professor Gapparov Furkat Axatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent Jumaniyozova Mamlakat Tojievna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Xodjaniyazov G’ayriddin kabi Respublikada tanilgan olimlar ilmiy rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Doktarantlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, katta ilmiy kitoblar zaxirasiga va internet tarmog’iga ulangan axborot-resurs markazi, tajriba dalalari mavjud.

Akademiyada tashkil etildigan ilmiy anjumanlarda doktorantlar faol ishtirok etadilar. Hozirda akademiya qoshida tarix, matematika va qishloq xo’jaligi bo’yicha doktarantura tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Таянч докторантура учун кириш имтиҳон саволлари

Зоология 

Аналитик кимё

Биоорганик кимё

Ўзбекистон тарихи

Археология

Архитектура

Умумий ва ноорганик кимё

Хорижий тил