Xorazm Ma'mun akademiyasi

XORАZM MА'MUN АKАDEMIYASI 2026-YILGА QUYIDАGI TАYANCH DOKTORАNTURА VА DOKTORАNTURА DАVLАT QАBUL REJАLАRINI E'LON QILАDI:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi - Xorazm Ma’mun akademiyasi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.   ???? Ixtisosliklar shifri, nomi va ajratilgan kvota:   01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika: 1-tayanch doktorant, 1-stajyor, 02.00.01-Noorganik kimyo: 2-doktorant, 2- tayanch doktorant, 1-stajyor, 03.00.06-Zoologiya: 2-tayanch doktorant, 1-stajyor, 03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: 2-tayanch doktorant, 1-stajyor. 10.00.01-O‘zbek tili: 1- doktorant, 3-tayanch doktorant.   ????Tayanch doktoranturaga: - ariza; - ma’lumotnoma; - pasport nusxasi; - mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; - oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi; - til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori); - nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;   ????Doktoranturaga: - ariza; - ma’lumotnoma; - mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; - oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi; - til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori); - tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi; - nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.   ????Stajyor-tadqiqotchilikka: - ariza; - ma’lumotnoma; - pasport nusxasi; - mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; - oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi; - nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi   ‼ Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan o‘tgan holda yuboriladi.   ❗ Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.   ✅ Murojaat uchun: Xiva shahri, Markaz-1. Telefon: (97) 458-28-18, (62) 226-20-27.

02.00.01- noorganik kimyo yo'nalishi bo'yicha mustaqil tadqiqotchilikga talabgorlar uchun suhbat

02.00.01 - Noorganik kimyo ixtsisoliklaridan mustaqil tadqiqotchilar uchun kirish imtixoni 2025-yil 04-sentabr kuni soat 14:00 da ZOOM platformasida quidagi link orqali bo'lib o'tadi https://us06web.zoom.us/j/8165982025?pwd=RktrWjNsKzd2OVVPTXF4UE1Leitmdz09&omn=81211248605

07.00.01-O`zbekiston tarixi hamda 10.00.01-O`zbek tili ixtsisoliklaridan mustaqil tadqiqotchilar uchun kirish imtixoni

07.00.01-O`zbekiston tarixi hamda 10.00.01-O`zbek tili ixtsisoliklaridan mustaqil tadqiqotchilar uchun kirish imtixoni 2025-yil 27-avgust kuni soat 11:00 da ZOOM platformasida quidagi link orqali bo'lib o'tadi https://us06web.zoom.us/j/8165982025?pwd=RktrWjNsKzd2OVVPTXF4UE1Leitmdz09&omn=84027447909

E'LON

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻg‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlari orqali keng jamoatchilik muhokamasi qo‘yilgan va ushbu muhokamalarda faol qatnashing!