BO'LIM MUDIRI
Mahmudov Raufjon Bahodirovich Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Tel: +998 91 912-94-81 E-mail: raufjon.m@mail.ru Qabul kunlari: Dushanba - 11 00 – 13 00 Juma – 11 00 – 13 00 |
BO'LIM XODIMLARI
Razzoqberdi Аbdrimov Yetakchi ilmiy xodim Tel: +99894 239 30 32 E-mail: Abdrimov@gmail.com Mutaxassisligi – Arxeologiya |
||
Bekimmetov Umidjon Tajimuratovich Tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Tel: +99897 791-10-32 E-mail: Mutaxassisligi - tarix |
||
Babojonov Dilmurod Komilovich Katta ilmiy xodim Tel: +998 91 912-94-81 E-mail: b.madyor@bk.ru Mutaxassisligi – Tarix |
||
Sa’dullayev Bahrom Poʻlatovich
Tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Тел: +99897 458-46-17 E-mail: baxram76@mail.ru Mutaxassisligi – Arxeologiya |
||
Matyakubov Shanozar Sabirovich Kichik ilmiy xodim Тел: +998907190066 E-mail: shonazarmatyoqubovv@gmail.com Mutaxassisligi – Tarix |
||
|
Raximov Shixnazar Bekturdiyevich Tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Тел: +998888562858 +998907130383 E-mail: shixnazar.rakhimov.1983@mail.ru Mutaxassisligi – Arxeologiya |
|
Sobirov Sobirjon Umrbekovich Kichik ilmiy xodim Telefon: +99891 277 06 88 E-mail: Sobirjonsobirov985@gmail.com Mutaxasisligi: Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi
|
||
Jumaniyazova Firuza Jumanazarovna Kichik ilmiy xodim Тел: +99897 513 84 85 E-mail: jumanazarovafiruza8485@gmail.com Mutaxassisligi – Tarix |
||
Rajabova Dinora Shavkatovna Kichik ilmiy xodim Тел: +99899 501-54-40 E-mail: dinorashavkatovna85@gmail.com Mutaxassisligi – Tarix |
||
Aminov Hurmatbek Baxram oʻgʻli Kichik ilmiy xodim Тел: +998975179317 E-mail: axurmatbek@mail.ru Mutaxassisligi – Tarix |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Xorazm Maʼmun akademiyasi
Ijtimoiy gumanitar fanlar boʻlimining
ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati boʻyicha
MAʼLUMOT
Xorazm Maʼmun akademiyasi 1997-yil 11-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1880 sonli farmoni asosida tashkil etilgan. 1998-2003-yillarda ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda Tarix, arxeologiya va falsafa hamda Til va adabiyot boʻlimlari faoliyat yuritgan. 2003-2020-yillarda grantlar asosida ish olib borilgan.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017-yildagi № 211-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimning ustuvor yoʻnalishlari PF-1880-sonli Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining №211-sonli qarori bilan belgilab berilgan:
– Xorazmning qadimiy tarixini uzviy izchillikda oʻrganish, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini, boy ilmiy salohiyatining jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni masalalarini tadqiq etish;
– Xorazmda joylashgan arxeologik yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha doimiy arxeologik ekspeditsiyalar olib borish, etnologik tadqiqotlar va manbashunoslik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va ularning natijalarini jahon ilmiy jamoatchiligi oldida keng targʻib qilish.
Ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, boʻlimning 2020-2023-yillar uchun yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan.
2018-yil yanvardan boʻlim boshligʻi va laboranti davlat byudjetidan moliyalashtirila boshlagan. 2020-yil avgust oyidan davlat byudjetidan 10 nafar ilmiy xodim uchun shtat ajratildi va xodimlar ishga qabul qilindi.
ILMIY FAOLIYAT
Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimida Tarix, arxeologiya, etnologiya va manbashunoslik yoʻnalishlari boʻyicha Xorazm tarixining oʻrganilmagan, dolzarb mavzularida tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, boʻlim xodimlari tomonidan 1925-20203-yillar Xorazm tarixi arxiv materiallari asosida oʻrganilmoqda. Xorazmning Xumbuztepa, Qalajiq qalʻa hamda Kat qalʻa kabi qadimiy qalʻalaridan arxeologik qazishmalar natijasida olingan artefaktlar tadqiq qilinib, ilmiy muomalaga kiritildi va Maʼmun akademiyasining “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyada namoyish qilinmoqda. Xorazm vohasi aholisining urf-odat, marosimlari, turmush tarzi, etnodemografiyasini etnologik tadqiqotlar asosida yoritib berilmoqda, etnografik-dala ekspeditsiyalari olib borilmoqda. Manbashunoslik yoʻnalishida Muhammaad Rahim Bahodirxon II Feruzning “Devon”ini tabdil qilib nashrga tayyorlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210-yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy. Asarlar” koʻp jildli silsilasi (loyiha muvofiqlashtiruvchi ijrochisi A.Oʻrozboyev) 20 tomidan 10 tasi toʻliq chop qilindi. Xorazm viloyat Axborot-kutubxona markazida, “Ichan-qalʻa” muzey-qoʻriqxonasi fondida, qolaversa aholi fondida saqlanadigan koʻplab mavjud noyob manbalarning elektron bazasi yaratildi.
Xorazm amaliy-bezak sanʼatining tarixi, rivojlangan sohalari (kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi), ularning hozirgi holati, anʼanalari va innovatsiyalari, istiqbollari va muammolari tahlil va tadqiq qilindi, 2020-2021-yillar oraligʻida “Oʻzbekiston tarixi” telekanali bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – Ipak yoʻllarida” dasturining Xorazm boʻlimi (9 qism), “Moziydan sado” (2 ta koʻrsatuv) va “Osori atiqa” koʻrsatuvining 15 ta qismi uchun teledasturlar tayyorlandi (efir vaqti – taxminan 12 soat). Ilmiy-tadqiqot natijalari muntazam ravishda Xorazm tarixi va madaniyati xususidagi koʻrsatuvlar, hujjatli filmlar yaratish orqali respublika va mahalliy teleradiokompaniyalar tomonidan efirga uzatilmoqda.
ILMIY-TASHKILIY ISHLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida 640 sahifalik Xorazm tarixi fundamental monografiyasi (jamoaviy hammualliflikda) va sayyohlar uchun 160 sahifalik 5 tilda “Xorazm tarixidan sahifalar” kitobi (M.S.Abdullayev) nashrga tayyorlandi va arxiv hujjatlari, nodir manbalar asosida bir qancha kitoblar nashr etildi:
Mustaqillik yillarida Xorazm multimedia diski yaratildi. Qadimiy Xiva shahrining Hazorasp darvozasida “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi tashkil etildi. Qadimiy Xorazm tarixi, Xorazmshohlar tarixi va Xorazm xonlari tarixi muzeylarining ilmiy konsepsiyalari va mavzuli ekspozitsiya rejalari tayyorlandi va muzey ekspozitsiyalari yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 13-14-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan majlis bayoni ijrosi doirasida “Dorul hikmat val maorif” muzey ekspozitsiyasi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda muntazam ravishda Xorazm oʻqishlari turkumidagi respublika anjumanlari oʻtkazib kelinmoqda.
2020-yil 11-mart kuni UrDU tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi bilan hamkorlikda “Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi” mavzusida respublika anjumani oʻtkazildi.
2020-yil 18-may kuni UrDU, Ispaniyaning Barselona universiteti bilan hamkorlikda “Xorazm – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi onlayn shaklda tashkil etildi.
2022-yil 25-noyabr kuni “Mahmud Zamahshariy – Sharqning mashhur allomasi va mutafakkiri” xalqaro onlayn-ilmiy anjumani oʻtkazildi.
2022-yil 13-dekabr kuni “Pahlavon Mahmud – hassos shoir, buyuk vatanparvar, yengilmas polvon va avliyolar ustozi” mavzusidagi halqaro ilmiy anjuman oʻtkazildi.
2023-yil 4-may kuni “Beruniy va Ibn Sino – ikkinchi ming yillikning taqdirini oʻzgartirgan daholar: Maʻmun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya yuqori saviyadi oʻtkazildi.
Boʻlimda muntazam ravishda ilmiy seminarlar oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimida 2019-yilda “Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar sarkarda” monografiyasi xoʻjalik shartnomasi asosida nashr etildi (100 mln soʻm). Arxeologlar Xiva shahar Dishan qalʼa hududida xoʻjalik shartnomasi asosida arxeologik qidiruv ishlari olib bordilar (100 mln soʻm). Shuningdek, xoʻjalik shartnomalari asosida “Ichan qalʻa” muzey qoʻriqxonasi hududidagi “Xorazm tarixi”, Nurillaboy saroyi muzeylari tematikasi ishlab chiqildi, Xorazm viloyati hududidan qatagʻon qilinganlar haqida maʻlumotlar jamlangan “Xotira kitobi” nashr qilindi.
Ispaniyaning Barselona universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan boʻlib, zamonaviy laboratoriya uskunalarida Xumbuztepa topilmalarining tarkibi tahlil qilinib, xronologiyaga oid yangi maʼlumotlar olindi.
BOʻLIM TOMONIDAN BAJARILGAN GRANT LOYIHALARI:
2012-2016-yillarga moʻljallangan F1-FA-0-17788 shifrli “Drevneyshaya i drevnyaya istoriya urbanizirovannoy kulturы Xorezma (po materialam arxeologicheskix issledovaniy Yujnogo Xorezma)” mavzusidagi fundamental grant.
2012-2016-yillarga moʻljallangan F1-FA-0-16549 shifrli “Xorazm tarixi I-II jildlar (I jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V-XV asrlar)” mavzusidagi fundamental grant.
2012-2016-yillarga moʻljallangan F1-FA-0-17788 shifrli “Drevneyshaya i drevnyaya istoriya urbanizirovannoy kulturы Xorezma (po materialam arxeologicheskix issledovaniy Yujnogo Xorezma)” mavzusidagi fundamental grant.
2012-2013-yillarga moʻljallangan AE1-FA-0-34706 shifrli “Xorazm viloyati aholisi ekologik madaniyatini oshirish orqali ekologik holatni yaxshilash” mavzusidagi yosh olimlar granti.
2012-2013-yillarga moʻljallangan M.3-12 shifrli “Xorazmda tarixiy-madaniy obyektlar (muqaddas qadamjolar) va ularning shakllanish tarixi” mavzusidagi Fundamental tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash Fondi granti.
2014-2015-yillarga moʻljallangan I1-FA-0-14559 shifrli “Hazorasp-Xumbuztepa arxeologik yodgorligini agressiv taʼsirlardan himoya qilish va turistik marshrutga kiritish” innovatsiya loyihasi (granti).
2015-2017-yillarga moʻljallangan PZ-2014-0912223800 shifrli “Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlari katalogi, II jild” mavzusidagi amaliy grant.
2016-2017-yillarga moʻljallangan YOF1-FA-G003 shifrli “Mustaqillik yillarida Xorazm badiiy sanʼatining rivoji” mavzusidagi yosh olimlar fundamental granti.
2017-2020-yillarga moʻljallangan FA-F-1-008 shifrli “Istoriya obryadov, kultov i religii Drevnego Xorezma (po materialom arxeologicheskix issledovaniye)” mavzusidagi fundamental grant.
2019-2021-yillarga moʻljallangan I-FA-2019-25 shifrli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va sanʼat asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsiya loyihasi.
2019-2022-yillarga moʻljallangan A-FA-2019-09 shifrli “Qadimiy yozma noyob qoʻlyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy granti.
Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gamnitar fanlar boʻlimi nashrlari
3.Bekimmetov. Xorazm va xorazmliklar. 6 jildlik. 1-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 208 bet. 2-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 216 bet. 3-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 168 bet. 4-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 167 bet. 5-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 260 bet. 6-jild. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2022. 210 bet.
4.Yulduz Rahmonova, Xudoybergan Matnazarov. Oqdarband. Toshkent. Fan zargari. 2023. 160 bet
7.Maxmudov. Oʻzbek tili tarixi fanida ilk oʻzlashmalarni oʻqitish metodikasi (oʻquv-uslubiy qoʻllanma). Xiva. Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti. 2021. 110 bet.
8. Asarlar. 10 jild. A.Oʻrazboyev tahriri ostida.2018-2023. Sharq.
9.Maxmudov. Oʻzbek tilida avestizmlar. Xiva. Xorazm Maʼmun akademiyasi nashriyoti. 2021. 160 bet.