Xorazm Ma'mun akademiyasi

Mustaqillik kubogida Fanlar akademiyasi — kuchli uchlikda!

07-09-2026     So'nggi yangiliklar

Vazirlik va idoralar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi uchun qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 82 ta jamoa 36 ta qiziqarli va murakkab savol doirasida o‘z bilim va zukkoligini sinadi.
Keskin va qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda Fanlar akademiyasi jamoasi 82 ta jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!

Ushbu jamoa tarkibida Xorazm Ma'mun akademiyasidan 2 nafar ishtirokchi b.f.n., k.i.x. Hasanov Shodlik Bekpo'latovich hamda Aminov Hurmatbek Baxram o'g'li faol ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun:
1-o‘rin — Adliya vazirligi terma jamoasi
2-o‘rin — «O‘zbekko‘mir» AJ
3-o‘rin — Fanlar akademiyasi

Gʻolib va sovrindor jamoalar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar — noutbuk va Smart TV bilan taqdirlandi.

Fanlar akademiyasi jamoasini munosib natija bilan tabriklaymiz!