Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi birikmalar sintez qilindi

30-03-2026     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Fizik-kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasi kimyogar olimlari tomonidan steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi biofaol ligand asosida yangi bitta organik tuz hamda ikkita metall-kompleks birikma sintez qilindi. Mazkur birikmalar ilk bor Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasi (Cambridge Crystallographic Data Centre)ga depozit qilinib, ularga tegishli kristallografik ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoniyati yaratildi (Deposition Number: 2012850(a), 2540904(b) va 2540947(c)).