Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash” laboratoriyasi

12-07-2023     Laboratoriyalar

LABARATORIYA MUDIRI

 

b.f.f.d.(PhD) Matyakubov Zafarbek Sharipovich

Telefon: (+998 91) 869-66-88

E-mail: zafarmatakubov868@gmail.com

Qabul kunlari: Seshanba - 11 00 – 13 00

                        Chorshanba – 09 00 – 11 00       

                        Juma – 09 00 – 11 00 

batafsil  


LABARATORIYA XODIMLARI

 

k.x.f.f.d.(PhD)Ro‘zmetov Rasul Sobirovich

Katta ilmiy xodim

Telefon: +998 94 230-03-75

E-mail:  tupmik@mail.ru

Mutaxassisligi – Tuproqshunoslik

batafsil

     
 

b.f.f.d.(PhD) Doschanova Manzura Babajanovna

Katta ilmiy xodim

Telefon: +998 93 922 48 50

E-mail: 

Mutaxassisligi – Zoologiya

Laboratoriyaning asosiy vazifasi Xiva shahar Mevaston, Yangi turmush, Ichan-Qal’a tarixiy yodgorliklari hamda Yangiobod shaharchasi mahallalarida   aholi  xonadonlari, jamoat binolari va tarixiy obidalar bo’yicha termitlarning tarqalish darajasini oldin aniqlangan  ma’lumotlar asosida kamayishi yoki ortishini tahlil qilish, termitlar hayot faoliyatini o’rganish va ularga qarshi mavjud kurash choralarini takomillashtirish hamda yangi usullarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etishdan iborat.  

Ichan-Qal’a tarixiy obidalarini termitdan zararlanishi bo’yicha monitoring o’tkazilib, olingan ma’lumotlar asosida Ichan-Qal’a tarixiy obidalarini termitdan zararlanish darajasi bo’yicha elektron xarita tuzildi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi “Termitlar taraqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash”  laboratoriyasi xodimlarining ilmiy tajribalari hamda akademiya tasarrufidagi  2014-2015 yillarda amalga oshirilgan 5-FA-0-15516 shifrli, “Termitlarga qarshi kurashda entomopatogen zamburug’lardan yem-xo’rak sifatida foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida olingan ilmiy natijalar asosida xo’raklarni termitlarga qarshi qo’llash bo’yicha tavsiya ishlab chiqildi.