Xorazm Ma'mun akademiyasi

TABIIY FANLAR BO`LIMI

06-07-2023     Bo'limlar

 

BO'LIM MUDIRI

Gandjayeva Lola Atanazarovna

Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim

Tel.: +998 97 511 55 11

E-mail: tulipa_83@mail.ru

Qabul kunlari:    Seshanba - 10:00 - 12:00
                          Payshanba - 10:00 - 12:00  

 

BO'LIM XODIMLARI

 

Abduraximov Umorbek Kurbanbayevich

Tabiiy fanlar bo’limi katta ilmiy xodimi

 Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Tel: +998 99 946 61 32

e-mail: umaro.au@mail.ru
     
 

Rajabov Zakir Pulatovich

Tabiiy fanlar bo’limi katta ilmiy xodimi

Qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Tel: +998 97 457 44 54

e-mail: zakirshax@list.ru

 

 

 
 

Doschanov Jalolbek Saparboyevich

Tabiiy fanlar bo’limi katta ilmiy xodimi

 Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.

Tel: +998 91 275 10 08

e-mail: jalolbek_d@mail.ru
 

 

 
 

Otayev Odilbek Yuldashevich

Tabiiy fanlar bo’limi kichik ilmiy xodimi

 

Tel: +998 93 285 85 10

e-mail:
 

 

 
 

Xudayberganov Norbek Atabayevich

Tabiiy fanlar bo’limi kichik ilmiy xodimi

 

Tel: +998 91 428 06 88

E-mail: xudayberganov12@mail.ru



 

Tabiiy fanlar bo’limiga doktarantura, Eksperimental baza, O’simliklar genofondi binosi (noyob ob’ekt), Don va don mahsulotlari tahlili, Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash laboratoriyalari, biologiya, kimyo, tibbiyot, qishloq xo’jaligi va yer to’g’risidagi fanlarga oid loyihalar kiradi.

     Hozirda 1 ta amaliy loyiha bajarilmoqda. Bo’limda 1 nafar grant rahbari (farm.f.d. R.S.Sobirov), 1 nafar yetakchi ilmiy hodim (k.f.d. O.Matchanov), 5 nafar katta ilmiy xodim (q-x.f.n. Sh.Kadirov, k.f.n. Sh.Hasanov, g.f.n. D. Ro’zmetov, b.f.n. A. Jumaniyozov, U.Abduraximov), 9 nafar kichik ilmiy xodim (N.Xamroyev, F.Nurmetova, R.Masharipova, F.Jumaniyozov, M. Axmedova, M. Raximova, N. Djonibekova, M Ashirov, B. Matmurodov), uch nafar doktorant R.R.Madaminov (ilmiy rahbari b.f.d. R.M.Usmonov), J.S.Doschanov (ilmiy rahbar b.f.d.S.K.Baboyev), Z.M. Qo’shmetov (ilmiy rahbar q-x.f.d. D.Yo.Yormatova, 4 nafar laborant (R.Masharipova, M.A.Abdurasulova, B.Polvonov, I.Ismolova), shuningdek, eksperimental bazada 6 nafar ishchi-xizmatchilar faoliyat yuritishmoqda.

Sh.Yu.Kadirovning FA-A9-T100 shifrli loyihasi doirasida mahalliy sharoitlarda yaratilgan kuzgi bug’doyning “Yaksart” va “Do’stlik” navlari, nazorat nav sifatida esa “Krasnodarskaya-99” navi hamda keyingi yillarda viloyatda sinalayotgan “Grom” navi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

10 oktyabrda ekilgan tajriba dalalarida esa bir boshoqdagi don soni o’rtacha 26-30 tani tashkil qildi. 1 m2 dagi mahsuldor poyalar soni o’rtacha 545-588 oralig’ida bo’lib, eng ko’p mahsuldor poyalar soni Yaskart (588) va Do’stlik (558) navlarida kuzatilgan bo’lsa, eng kam mahsuldor poyalar soni  Grom (552) va Krasnodarskaya-99 (545) navlarida aniqlandi. 1000 dona urug’ og’irligi o’rtacha 37,5-41,3 g. ni tashkil qilib, eng yuqori ko’rsatkich Yaksart (41,3 g.), Do’stlik (39,1 g.) navlarida kuzatildi. Don hosildorligi o’rtacha 58,8 – 68,5 ts/ga. ni tashkil qilib, eng yuqori don hosili Do’stlik (68,5 ts/ga) va Yaksart (67,1 ts/ga) navlarida kuzatildi. Eng past don hosili esa Krasnodarskaya-99 – 58,8 ts/ga va Grom – 62,5 ts/ga navlarida aniqlandi.

Loyiha bo’yicha olingan natijalar asosida respublika miqyosidaga ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi (Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun g’alla va dorivor o’simliklardan foydalanish istiqbollari”, 2016 yil 13-14 may).

D.Akkujin rahbarligidagi FA-A9-T101 shifrli loyiha g`oza seleksiyasi bilan shug`ullanadi.

G’o’zaning yangi “Xurma” hamda “Niyat” navlaridan yakka tanlov va oilaviy terim asosida olingan chigitlar 2016 yil 13-15 aprelь kunlari Xorazm Ma’mun akademiyasi tajriba dalalariga qo’lda ekildi. SHuningdek, “Xurma”, “Niyat” navlari hamda L-86 kam bargli tizmasi, 518 – oila mikroneyer – 4,0; 522 – oila mikroneyer – 4,0; 529 – oila mikroneyer – 4,3 va boshqa qimmatli xo’jalik belgilari bilan amaliy qiziqish uyg’otuvchi tizmalar ekildi.

b.f.n. A.Jumaniyozovning FA-A7-T103 shifrli loyhaning ish rejasiga muvofiq UrDU hududidagi va Urganch shahar ko’chalaridagi namunalarda, daraxtlarning nisbiy tinim davridagi tana yo’g’onlashishining eng yuqori ko’rsatkichi 15.01 kunida Biota orientalis Endl.ning asosiy tanasining yo’g’onligi o’rtacha 4 takrorlanishda 33,600 sm ni, 29.02 dagi kuzatuvda 36,725 sm ni tashkil etib, 3,125 sm ga teng ekanligi kuzatildi. Eng past ko’rsatkich Fraxinus viridis Michx, 15.01 kunida asosiy tanasining yo’g’onligi o’rtacha 4 takrorlanishda 32,375 sm ni, 29.02 dagi kuzatuvda 33,275 sm ni tashkil etib, yo’g’onlashish o’rtacha 0,900 sm ni tashkil etdi. Qolgan daraxtlarda asosiy tananing yo’g’onlashishi 1,05 sm dan 1,7 sm o’rtasida bo’lganligi kuzatildi.

Qishgi haroratning iliq kelishi natijasida daraxtlarda generativ kurtaklar Ulmus uzbekistanica Drob.da  yanvarь oyining 30 kunida uyg’ona boshlagani kuzatildi.

Barglarning eniga va bo’yiga o’sish jadalligi bo’yicha  07.05.2016 kuniga Populus alba L. da eniga 6.5, bo’yiga 7.6  sm ni,  Fraxinus viridis Michx daraxtida  mos ravishda 3,7; 5.5 sm, nisbatan pastroq murakkab bargli Sophora japonica va Cyleditschiatria cantos L. daraxtlarida bargchalarning kattaligi mos ravishda 0.4; 1.3 sm ni tashkil etdi.

O’rganilayotgan daraxtlarning eng muhim xususiyatlardan, transpiratsiya va barglarining havodagi changlarni ushlash qobiliyatlaridir. Kuzatuv natijalariga ko’ra, havoni namlik bilan transpiratsiya jadalligi bo’yicha ta’minlashda Ulmus uzbekistanica Drob., 6,1 sm2 mg/soat suv bug’latib, changlardan tozalashda esa 0,067 mg/barg ni tashkil qilib, shahar sharoiti uchun o’rganilayotgan boshqa daraxtlarga nisbatan ustun ekanini ko’rsatdi.

YoA8-FA-T044 shifrli yosh olimlar loyihasi Xorazm viloyatida ekiladigan bug`doylarning identifikatsion pasportlarini yaratish ustida ilmiy tadiqqit ishlari olib bormoqdalar. Xorazm viloyatida asosan kuzgi bug’doyning 7 ta mahalliy va 8 ta chetdan keltirilgan navlari ekilib kelinmoqda. Mahalliy navlar hosil miqdori va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha chetdan keltirilgan navlar bilan raqobatlasha oladi. Mahalliy navlar orasida “Yaksart”, “Yonbosh” va “Asr” kabi navlar o’zining yuqori sifat ko’rsatkichlari bilan ajralib turishi aniqlandi. Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan mahalliy kuzgi bug’doy navlarining kelib chiqishi, yaratilgan tuproq-iqlim sharoitidagi biometrik ko’rsatkichlari va biokimyoviy tarkibi haqida batafsil ma’lumotlar yig’ildi.

Mavzu yuzasidan dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy izlanishlar o’rganib chiqildi. Navlarning fenotip xususiyatlari dala sharoitida taqqoslab o’rganildi. Xorazm viloyatida asosiy ekin maydonlariga ekilayotgan kuzgi bug’doy navlarining 10 tasi qiltiqsiz, lyutestsens turiga mansub, don rangi qizil hisoblanadi. Qolgan navlar esa qiltiqli, eritrospermum turiga mansub bo’lib, qiltiq rangi oq hisoblanadi. Yetishtirilayotgan navlarning aksariyati qurg’oqchilik va sho’rlanishga chidamli. “Krasnodarskaya-99”, “Zvezda” va “Chillaki” navlari past bo’yli bo’lib, o’rtapishar, “Do’stlik”, “Yaksart” va “Yonbosh” navlari esa uzun bo’yli ertapishar navlar ekanligi fenologik kuzatuvlarda aniqlandi.

Xorazm viloyatida yetishtirilayotgan 15 ta kuzgi bug’doy navdan xozirgi kunga  qadar 7 tasining glyuten oqsillari bo’yicha qiyosiy o’rganildi. O’rganilgan navlar orasida “Yaksart”, “Do’stlik”, “Yonbosh”, “Vostorg” va “Krasnodarskaya-99” navlarining glyuten oqsillari yuqoriligi bilan boshqa navlardan farqlandi. “Yaksart”, “Do’stlik” va “Krasnodarskaya-99” navlarining dastlabki elektroforegramma natijalari asosida gliadin oqsillari major va minor komponentlariga qarab tahlil qilindi.

PZ-2017092435 shifrli “Xorazm viloyati sharoitida dorivor o’simliklarni o’stirish va ular asosida biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarish” grant loyihasi doirasida 5 tur o’simlik Xorazm viloyati sharoitiga introduksiya qilinishi nazarda tutilgan. Hozirgi kunda birinchi yil ekish ishlari olib borilib, dastlabki namunalar olindi va ularni kimyoviy tahlili boshlab yuborildi. Bunda asosiy urg’u biologic faol bolgan flavonoidlar guruhi moddalarini aniqlashga va ularni ajratib olish usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. 

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясида “Пахтачилик соҳасида Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси ишланмалари” мавзусида илмий семинар бўлиб ўтди

    2020 йил 29 январь куни ўтказилган семинар ишини Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси президенти академик Б.С. Юлдашев табрик сўзи билан очиб берди. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси вице-президенти академик Б.Т. Иброҳимов модераторлик қилди.

    Семинарда Хоразм Маъмун академияси табиий фанлар бўлими бошлиғи Ш.Ю. Кадиров “Ғўзанинг янги, истиқболли Ният нави” мавзусида доклад қилди. Доклад презентация шаклида қилиниб, янги ғўза навининг устунликлари, ишлаб чиқаришга жорий қилиш ҳолати, уруғчилик масалалари ва толанинг сифат кўрсаткичларини лабораторияда аниқлаш таҳлиллари натижалари юзасидан ҳисобот берилди.