Xorazm Ma'mun akademiyasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING MINTAQAVIY BO’LIMI – XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINING USTAVI

15-06-2017     Xorazm Ma'mun akademiyasining Ustavi

 Umumiy qoidalar

  1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi – Xorazm Ma’mun akademiyasi (bundan keyingi o’rinlarda Akademiya deb yuritiladi) ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
  2. Akademiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 11 noyabrdagi 1880-sonli “Xorazm Ma’mun akademiyasini qayta tiklash to’g’risida”gi Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumining 1997 yil 2 dekabrdagi 7142-sonli “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi – Xorazm Ma’mun akademiyasini ochish to’g’risida”gi qarori bilan tashkil qilindi.

Akademiya faoliyatining asosiy ilmiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

Xorazm vohasida qadimdan rivoj topgan fanlar sohasidagi boy merosni har tomonlama o’rganish va tahlil qilish; tarix, falsafa, arxeologiya, til va adabiyot, biologiya va biotexnologiya sohalarida chuqur fundamental izlanishlar olib borish; zamonaviy ilmiy maktablar yaratish va fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish.

  1. Akademiya mustaqil ilmiy muassasa maqomiga ega bo’lib, davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilishi ta’minlangan, yuridik shaxs huquqiga, shtampga, gerbli muhrga va O’zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega.
  2. Akademiya o’z faoliyatida bevosita O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga bo’ysunadi va O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustavi va ushbu Ustavga asoslanadi.

Akademiyada rahbarlikni rais, uning o’rinbosarlari va ilmiy kotib amalga oshiradi.

Akademiya raisi fan doktorlari (istisno tariqasida fan nomzodlari) orasidan O’zR FA prezidenti tomonidan tayinlanadi. Akademiyaning ilmiy ishlar bo’yicha rais o’rinbosari va ilmiy kotibi fan doktorlari (istisno tariqasida fan nomzodlari) orasidan rais tomonidan tayinlanadi hamda Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

 

  1. AKADEMIYANING MAQSADI VA VAZIFALARI

 

  1. Akademiya faoliyatining asosiy maqsadi ilm-fan sohasidagi qadimiy boy milliy meros asosidagi yuqori intellektual muhitni yaratishda tarixiy an’analarni qayta tiklash va rivojlantirish, iste’dodli va fidoyi olimlarni izlab topish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, akademiya faoliyatiga jalb qilish hamda ilmiy ishlarning samaradorligini yuksaltirishdir.
  2. Akademiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– fundamental ilmiy tadqiqotlarni har tomonlama rivojlantirish, mintaqaning ilmiy va ilmiy-texnikaviy potentsialini yaratish hamda rivojlantirish;

– amaliy ilmiy tadqiqotlarni keng joriy qilish uchun asos yaratish va ushbu hududni ilmiy-texnik, ijtimoiy va iqtisodiy va boshqa  muammolarini yechishda yordam beradigan ilmiy natijalarni xalq xo’jaligiga joriy qilish;

– xalqaro va respublika ilmiy dasturlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish; xalqaro hamkorlik, chet elda mintaqa olimlarining izlanishlarini ko’rsatish;

– mintaqa ilmiy-texnik potentsialining samaradorligini ta’minlash uchun bo’limlarda modiy-texnikaviy baza yaratish va rivojlantirish;

– O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Fanlar akademiyasi Prezidiumining topshiriqlari bo’yicha mintaqada ilmiy ekspertiza va konsultatsiyalar uyushtirish;

– ilmiy ishlar chop qilish, ilmiy jurnal nashr qilish, hudud olimlarining monografiya va boshqa ilmiy ishlarini chop etishda qo’llab-quvvatlash, ilm-fan yutuqlarini, ilmiy bilimlarni tashviqot qilish;

– mintaqada ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlaydigan tarix, arxeologiya, manbashunoslik, falsafa, til va adabiyot, biologiya va biotexnologiya sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda hamda respublika maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirishda O’zR FA muassasalari, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari potentsialidan samarali foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– ilm-fan va amaliyotning dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy simpoziumlar, anjumanlar, kengashlar, seminarlar, xalqaro, respublika va mintaqa doirasida ko’rgazmalar tashkil qilish va o’tkazish;

– O’zR FA Umumiy yig’ilishi saylovlarida ishtirok qilish uchun bo’lim bo’yicha O’zR FA akademikligi bo’sh o’rinlariga nomzodlar tavsiya qilish;

– kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dasturni amalga oshirishda faol qatnashish, uzluksiz ta’lim bilan fan o’rtasida o’zaro manfaatli aloqa o’rnatish, akademik litseylarda ilmiy-pedagogik faoliyatni yuksak darajada olib borish;

Akademiyaning qo’shimcha asosiy vazifalari:

Xorazm vohasining qadimiy tarixini uzviy izchillikda o’rganish, vohaning betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini, boy ilmiy salohiyatining jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi o’rni masalalarini tadqiq etish;

Xorazm vohasida joylashgan arxeologik yodgorliklarni o’rganish bo’yicha doimiy arxeologik ekspeditsiyalar olib borish, etnologik tadqiqotlar va manbashunoslik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va ularning natijalarini jahon ilmiy jamoatchiligi oldida keng targ’ib qilish;

Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklarini biologik, fizik va turli salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;

vohaning ekologik holati bo’yicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, mavjud yer-suv va biologik resurslaridan oqilona foydalanish, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos bo’lgan qishloq xo’jaligi o’simliklarini iqlimlashtirish orqali sho’rlanish va cho’llanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish, mavjud eksperimental baza asosida qishloq xo’jaligi hamda baliqchilik sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish;

Xorazm vohasining tarixiy an’analari hamda mavjud ilmiy salohiyatdan foydalangan holda matematika fani sohasida fundamental ilmiy izlanishlar olib borish;

mahalliy mineral (konchilik kimyo sanoati va noruda) resurslarni qayta ishlashning ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy etish;

Akademiya faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

Akademiyaning ilmiy tadqiqot faoliyatiga yetakchi xorijiy olimlar va mutaxassislarni keng jalb etish.

  1. Akademiya o’z vazifasi va ishlarini bajarish uchun:

– noyob ilmiy asbob-uskunalar va texnika vositalaridan samarali foydalanish choralarini ko’radi;

– o’z faoliyat yo’nalishi bo’yicha aniq ilmiy-texnik, loyihaviy, ishlab chiqarish va tijorat dasturlarini bajarishga yo’naltirilgan ilmiy bo’linmalar va tashkilotlar tashkil etadi;

– Akademiya ob’ektlarini qurilishida buyurtmachi sifatida chiqadi.

 

  • Akademiya boshqaruv organlari

 

  1. Akademiyaning oliy organi – Ilmiy kengash hisoblanadi.

Ilmiy kengash ma’muriyat, tarkibiy bo’linma va laboratoriyalar mudirlari, ilmiy xodimlardan shakllantiriladi.

Ilmiy kengash a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Akademiya raisi o’z faoliyati davrida Ilmiy kengash raisi, ilmiy ishlar bo’yicha rais o’rinbosari – Ilmiy kengash o’rinbosari, akademiya ilmiy kotibi – Ilmiy kengash kotibi hisoblanadi.

  1. Akademiya Ilmiy kengashi:

– ilmiy izlanishlar rejalarini va ilmiy bo’linmalarda ilmiy kadrlarni tayyorlash va ilmiy ishlar haqidagi hisobotlarni tinglaydi va tahlil qiladi;

– doimiy va vaqtinchalik komissiyalarni uyushtiradi, shuningdek, muammolar bo’yicha yangi bo’linmalar, yangi kengashlar tashkil qilish haqidagi takliflarni tasdiqlaydi;

– fan sohalariga muvofiq ilmiy ishlardagi muammo va masalalarni muhokama qilish uchun ilmiy yig’ilishlar, anjumanlar, kengashlar chaqiradi;

– ilmiy bo’limlar hisoboti va ilmiy-tadqiqot ishlarni reja va dasturlarini shuningdek, hududda ishlayotgan akademiya a’zolari hisobotlarini ko’rib chiqadi;

Ilmiy kengash unga tegishli bo’lgan qator boshqa masalalarni ham ko’rib chiqadi.

Ilmiy kengash tasdiqlangan yillik ish rejasi asosida chaqiriladi va faoliyatini amalga oshiradi.

Ilmiy kengash ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni ko’rib chiqadi, uning qarorlari bajarilishini ta’minlaydi.

 

  1. Akademiya boshqaruvi

 

  1. Akademiya raisi – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti hisoblanadi.

Akademiya raisi:

– Akademiyani davlat muassasalari, respublika jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarda tanitadi;

– Akademiya nomidan sud, arbitraj, bank va boshqa muassasalarda chiqadi,  shuningdek, Akademiyani ma’muriyat, xo’jalik, sud va arbitraj ishlarini olib borishni alohida shaxslarga topshiradi;

– Akademiyaga bo’ysunadigan ma’muriyat, ilmiy loyihalar va boshqa bo’linmalarning tuzilishini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, Akademiya tarkibiga kiradigan bo’linmalarning ilmiy kadrlarni tanlash va o’rniga qo’yishni amalga oshiradi;

– O’zR FA Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar miqdori doirasida harakatdagi qonunchilik asosida pul va boshqa moddiy boyliklarni taqsimlaydi;

– ilmiy-texnik dasturlarning bajarilish nazoratini tashkil etadi, xalqaro ilmiy aloqalar bo’yicha ishni boshqaradi;

– Akademiya faoliyati haqida O’zR FAga hisobot taqdim qiladi, ilmiy loyihalarning hisobotlarini tasdiqlaydi;

– ushbu Nizomga muvofiq unga berilgan hamma huquqlardan ishonchnomasiz foydalanadi, ishonchnoma berish huquqiga ega;

– mintaqaning dolzarb vazifalarini yechishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot va  boshqa ishlarni bajarish bo’yicha shartnomalar  tuzadi.

  1. Akademiyaning ilmiy ishlar bo’yicha rais o’rinbosari:

– Akademiya ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlarini boshqaradi;

– bajarilayotgan  topshiriqlarga ilmiy va ilmiy-texnik xodimlarni, shuningdek, kelajakda ilm-fan rivojlanishiga stajyorlar, doktorantlar  muvofiqligi va sifatini nazorat qiladi;

  1. Akademiya ilmiy kotibi ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlar boshqaruvini ta’minlashda Akademiya raisi yordamchisidir.

 

  1. Akademiya faoliyatining iqtisodiy asoslari

 

  1. Akademiya ushbu Nizomda ko’rsatilgan faoliyatni ta’minlash uchun kerak bo’lgan asosiy fondlarga, moddiy va pul mablag’lariga, aksiyalarga, boshqa qimmatbaho qog’ozlarga va mulklarga ega bo’lishi mumkin.
  2. Akademiya mablag’larini:

– O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo’yicha ajratiladigan grantlar, Akademiyani saqlash hamda arxeologik ekspeditsiyalarini tashkil etish va o’tkazish uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablag’lari;

– xo’jalik faoliyatidan tushadigan mablag’lar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar tashkil etadi.

 

  1. Akademiya Nizomiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar

kiritish tartibi

 

  1. Akademiya Nizomiga Ilmiy kengashda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritiladi.
  2. Akademiya Nizomi va unga kiritilgan keyingi o’zgarish va qo’shimchalar O’zR FA Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Akademiya Nizomi va unga kiritilgan keyingi o’zgarishlar va qo’shimchalar amaldagi qonunchilikka muvofiq ro’yxatga olinadi.

 

VII. Akademiyani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi

 

  1. Akademiya qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi yoki qayta tashkil qilinishi mumkin.