Khorezm Mamun academy

“Tabiiy fanlarda innovatsion yechimlar: Zamonaviy tadqiqotlar va ilm-fan integratsiyasi”

30-06-2026     Conference

Anjumanda ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamizning etakchi mutaxassislari, fermer xo‘jalik rahbarlari, tadqiqotchi – izlanuvchilar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari hamda shu soha xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba va fikr almashish hisoblanadi.
To‘plamda so‘ngi yillarda respublikamizda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, o‘simlikshunoslik, o‘rmon xo‘jaligi va agronomiyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, tuproq unumdorligini oshirish, kimyo, biologiya, ekologiya, tuproqshunoslik va qishloq ho‘jaligi sohalarida fanta’lim integratsiyasini yanada rivojlantirish kabi dolzarb muammolarning muhokamalari keltiriladi.
Jumladan, biologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi, g‘alla va donli ekinlar agrobiologiyasi, polizchilik sohasidagi yangiliklar, tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, dorivor o‘simlikshunoslik hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida resurs tejamkor texnologiyalariga oid materiallar kiritilgan.
To‘plam biologiya, atrof-muhit muhofazasi va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Konferensiya to'plami