Shovot tumani Qunduz mahallasida yashovchi Rahimova Roza Eshimbatova Xorazm Ma’mun akademiyasi “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi fondiga XIX asr oxirlariga oid noyob qo’lyozma kitob va kumushdan yasalgan bilakuzuk shuningdek, XX asrning 30-40-yillariga oid bo’lgan soatni sovg’a sifatida taqdim qildi. Xorazm Ma’mun akademiyasi ma’muriyati yurtimiz tarixini o’rganish va noyob osori-atiqalarni saqlab kelajak avlodga yetkazish ishiga qo’shgan hissa uchun Rahimova Roza Eshimbatovaga o’z minnatdorchiligini bildiradi.