Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Abdullayevich Ayupov Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida akademiya faoliyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, ilmiy ishlanmalar samaradorligini oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tashrif davomida Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritayotgan olimlar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda olimlar tomonidan ilmiy faoliyatni rivojlantirish, grantlar, xalqaro hamkorlik va ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga oid qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Akademik Shavkat Abdullayevich Ayupov o‘z nutqida yoshlarning ilm-fandagi o‘rni beqiyos ekanini, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarga keng jalb etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini, ayni damda mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan PQ-390-sonli qarorning asosiy mazmuni va podevori ham yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, akademiya tizimida ularga keng oʻrin berish zarurligini alohida ta’kidladi.
Mazkur tashrif akademiyada olib borilayotgan ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy xodimlar, doktorantlar hamda ilmiy izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yangi istiqbollarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.




.jpg)
