Khorezm Mamun academy

XORАZM MА'MUN АKАDEMIYASI 2026-YILGА QUYIDАGI TАYANCH DOKTORАNTURА VА DOKTORАNTURА DАVLАT QАBUL REJАLАRINI E'LON QILАDI:

13-10-2025     Events

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi - Xorazm Ma’mun akademiyasi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

 

Ixtisosliklar shifri, nomi va ajratilgan kvota:

 

01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika: 1-tayanch doktorant, 1-stajyor,

02.00.01-Noorganik kimyo: 2-doktorant, 2- tayanch doktorant, 1-stajyor,

03.00.06-Zoologiya: 2-tayanch doktorant, 1-stajyor,

03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: 2-tayanch doktorant, 1-stajyor.

10.00.01-O‘zbek tili: 1- doktorant, 3-tayanch doktorant.

 

Tayanch doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;

 

Doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);

- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Stajyor-tadqiqotchilikka:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi

 

‼ Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

 

❗ Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.

 

✅ Murojaat uchun: Xiva shahri, Markaz-1. Telefon: (97) 458-28-18, (62) 226-20-27.