Khorezm Mamun academy

Ilm-fan – farovonlik sari

17-09-2025     News

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida “Ilm-fan – farovonlik sari” shiori ostida olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari, kashfiyot va yaratgan ilmiy asarlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrgazmada akademiya olimlari yaratilgan imkoniyatlar asosida olinayotgan ilmiy natijalar xalqimiz farovonligi yoʻlida qay darajada xizmat qilayotganini tashrif buyurgan mehmonlarga tushuntirib berdilar. Koʻrgazma Ommaviy axborot vositalarida ham yoritildi. Tashrif buyurgan chet ellik va mahalliy mehmonlar akademiya olimlarining hudud muammolarini yechishda, xalq farovonligi yoʻlida munosib xizmat qilayotganligiga, oʻz kashfiyotlari bilan yurt ravnaqi uchun beqiyos hissa qoʻshayotganlariga guvoh boʻldilar.