Joriy yilning 4-6-iyul kunlari Tojikistonning Panjakent shahrida Tojik pedagogika instituti tashabbusi bilan “VI Artuch oʻqishlari” doirasida “Zamonaviy filologiya, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi boshligʻi, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Raufjon Maxmudov va boʻlim katta ilmiy xodimi, tarix fanlari falsafa doktori Dilmurod Bobojonov ishtirok etishdi. Konferensiya doirasida ishtirokchilar Tojikistondagi Fan togʻlarining goʻzal manzaralaridan bahramand boʻlishdi, shuningdek, Abu Abdullo Rudakiy maqbarasi, Sarazm tarixiy yodgorliklari bilan ham tanishdilar.