Xorazm Ma'mun akademiyasi

NINA BARGLI O’SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI TUR TARKIBI VA BIOEKOLOGIYASI O’RGANILIB, ULARGA QARSHI KURASH CHORALAR ISHLAB CHIQILDI

04-07-2022     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo’limi kichik ilmiy xodimi Otayev Odilbek tomonidan Xorazm viloyatida nina bargli o’simliklar zararkundalari tur tarkibi va bioekologiyasi o’rganilib, “Yo’lko’kalamzorlashtirish” bilan birgalikda nina bargli o’simliklarni asrash maqsadida zararkunandalarga qarshi kurash choralari amalga oshirilmoqda. Ilk bor Xorazm voxasi sharoitida kiparislar oilasiga mansub daraxtlar entamafaunasi va ekologiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Xorazm viloyati Xiva shahrida 8 gektar maydonda joylashgan Lokomativ istiroxat bog’i daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish va doimiy ravishda monitoring ishlari olib borilmoqda. Xozirda Xorazm viloyati Xiva shaxridagi Lokomativ istiroxat bog’i bilan daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish yuzasidan xo’jalik shartnoma imzolandi.