Хорезмская академия Маъмуна

Xalqaro xamkorlik

16-10-2026     Новости

Xitoy Fanlar akademiyasi Xinjiang Ekologiya va Geografiya Instituti va O’zRFA Xorazm Ma’mun Akademiyasi bilan “Adabiyot to‘plamlarini yanada takomillashtirish va boyitishga yordam berish” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida 14-15 oktyabr kunlari Xinjiang Ekologiya va Geografiya instituti Axborot Resurs Markazining bir guruh olimlari professor Wang Lixian, professor Wu Miao, professor Wu Junxia Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va xitoylik hamkorlarga raqamlashtirilgan ilmiy adabiyotlar va manbalar taqdim etildi. Xitoylik hamkorlar bilan ilmiy aloqalarni davom qildirish va yangi bosqichga ko‘tarish, xususan Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolar yo‘nalishida hamkorlikda loyihalar amlaga oshirish istiqbollari haqida suhbatlashildi.