Хорезмская академия Маъмуна

Yangi monografiya chop qilindi

30-04-2026     Новости

Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi katta ilmiy xodimi t.f.f.d. Matyakubov Shonazar Sabirovich tomonidan "Xivaliklarning madaniy-maishiy hayoti va urf-odatlari (Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri)" nomli monografiyasi nashr qilindi.

Ushbu monografiyada Qo‘ng‘irotlar sulolasi vakillarining taxtga kelishi va ular hukmronligi davrida xivaliklarning madaniy-maishiy hayoti va urf-odatlari to‘g‘risida noyob tarixiy ma’lumotlar, Xivaga 1842-yilda Xiva xoni Ollohqulixon va Eron shohi Muhammad Qojor o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish uchun kelgan Muhammad Alixon G‘afur tomonidan bitilgan “Xorazm safari kundaligi”asari orqali,1851-yilda Xiva xoni Muhammad Aminxon davrida Erondan Xivaga elchi sifatida kelgan Rizoqulixon Hidoyatning “Saforatnomayi Xorazm” deb nomlangan hisobot tarzida bitilgan kundaligidagi ma’lumotlar shuningdek 1854 yildan 1864 yilgacha Xivada tutqinlikda yashagan Eronlik general Ismoil Mirpanjiyning “Asirlikdagi xotiralar” deb nomlangan asaridagi ma’lumotlarga tayangan holda shuningdek yuqoridagi mavzularda muallif tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar asosida yoritilib beriladi.

Monografiya oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar. gid-ekskursovodlar shuningdek Xiva xonligi tarixiga qiziquvchi mahalliy aholi va sayyohlar uchun mo‘ljallangan.