Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ilmiy safar

16-07-2025     So'nggi yangiliklar

Xorazm Maʼmun akademiyasi «Aniq fanlar» bo‘limi bosh ilmiy xodimi Baltayeva Umida Ismoilovna hozirda Xalqaro Matematika Uyushmasining “IMU–Simons” tadqiqot loyihasi doirasida Fransiyaning Eks-Marsel universiteti (Aix-Marseille Université, Institut de Mathématiques de Marseille)da xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ushbu ilmiy safar davomida professorlar F. Hubert va Y. Dermenjianlar bilan hamkorlikda fundamental tadqiqotlar bilan birgalikda, amaliy ya`ni saraton kasalligiga oid matematik modellashtirish yo‘nalishida tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, metastaz jarayonining — ya’ni o‘simta hujayralarining organizm bo‘ylab tarqalishi va yangi koloniyalar hosil qilishi — matematik tahlili amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotda aralash tipdagi va nolokal differensial tenglamalar, shuningdek, hajmga bog‘liq tenglamalar asosida o‘sish–parchalanish (growth–fragmentation) modelining ayrim holatlari o‘rganilmoqda. Ushbu model o‘simta hujayralarining o‘sishi, diffuziyasi va bo‘linishini matematik tarzda ifodalash imkonini beradi.

Baltayeva Umida Ismoilovna Eks-Marsel universiteti Matematika instituti ilmiy seminarlarida ma`ruzalari bilan faol qatnashib bormoqda (https://www.i2m.univ-amu.fr/evenements/tba-222/).