Хорезмская академия Маъмуна

Tashrif

26-12-2024     Новости

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasiga Xitoyning Sinszyan provinsiyasi Sinszyan-uygʻur avtonom rayoni Raqamli ilmiy kutubxonasi, Xitoy fanlar akademiyasi Sinszyan ekologiya va geografiya instituti va Hujjatlar va axborot markazining bir guruh olimlari, ilmiy tadqiqotchilari tashrif buyurdilar.

Tashrif chogʻida mehmonlar Ma’mun akademiyasida ilmiy tadqiqotlar olib boorish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, laboratoriyalar va olimlarning olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari bilan tanishdilar. Akademiya muzey-ekspozitsiyasidagi noyob topilmalar, ekponatlar hamda kutubxonadagi noyob qoʻlyozma manbalar va minglab kitoblar mehmonlarda katta qizish uygʻotdi. Tashrif yakunida mehmonlar akademiya bilan hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.