Mustaqillikdan so’ng Xorazm viloyatida juda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa oxirgi 3 yil ichida amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol misoli bo’la oladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida”gi qarorni imzoladi.Ushbu hujjat Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatidan foydalanishni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning hududdagi noyob tarixiy-madaniy va me'moriy yodgorliklar bilan keng qamrovda tanishishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.
Sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik inshootlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, sayyohlikning transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish, hududdagi turistik marshrutlar va xizmatlarni takomillashtirish, sayyohlikning yangi yo'nalishlarini, mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
Aynan shu qaror asosidda 2013 yil 20 mart kuni prezidentning PQ-1940 sonli qarori qabul qilindi. Keyinchalik ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 14 avgust kuni 511 sonli farmoyishi qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 511 sonli farmoyishi asosan, Xorazmning boy tarixi va madaniy merosini o’rganish, hamda uni keng targ’ib etish, xorijlik sayyohlarga zamonaviy madaniy xizmat ko’rsatish maqsadlariga yo’naltirilgan.
“Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasida hozirgi kunda jami 6 ta ish o’rni mavjud bo’lib, shundan 4 tasida mutaxassislar o’z faoliyatlarini olib borishmoqda.Ya’ni quyidagi ish o’rinlari ochilgan.
Ushbu farmoyishning birinchi bandiga asosan Xorazm Ma’mun akademiyasida Urganch shahrida joylashgan Xorazm o’lkashunoslik muzeyi va Avesto muzeyi fondlari asosida Xorazm tarixi va madaniyatini o’zida aks ettirgan doimiy ekspozitsiyani tashkil etish to’g’risidagi takliflar ma’qullangan.
Ushbu muzey ekspozitsiyasi uchun ishlab chiqilgan konsepsiyaga asosan, ekspozitsiya jami 12-ta bo’limni o’z ichiga olgan holda yaratilgan.
Unga ko’ra ekspozitsiyadan quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi rejalashtirildi.
I-bo’limdan asosan Xorazm va unga yaqin qo’shni hudud xisoblangan Qoraqapog’iston Respublikasining eng qadimgi tarixi, jumladan tosh asridan tortib to mil.avv. VIII asrgacha bo’lgan tarixi yoritilgan. Ekspozitsiyaning ushbu bo’limga ajratilgan qismida asosan S.P.Tolstov arxeologik izlanishlari davomida topib o’rganilgan tosh va suyakdan ishlangan mehnat qurollari joy olgan. Shunigdek Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan Meshekli qo’rg’onidan topib o’rganilgan Bronza davriga oid bronzadan yasalgan taqinchoqlar o’rin olgan.
II bo‘lim. Xorazmda shahar madaniyati va qadimiy davlatchilikning vujudga kelishi- ushbu bo’limda Xorazmning mil.avv VIII-asrdan to Mil. IV-V asrlargacha bo’lgan tarixi yoritilgan. Ushbu bo’limdan asosan antic davr qal’alari va yodgorliklaridan topib o’rganilgan arxeologik topilmalar joy olgan.
III bo‘lim. Qadimgi Xorazmda zardushtiylik- ushbu bo’limda Qadimgi davrlarda zardushtiylik dinining paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq tarixiy jarayonlar yoritilgan. Shunga mos ravishda bu bo’limdan ushbu dinga bog’liq bo’lgan buyumlar va sopol xaykalchalar o’rin olgan. Shuningdek ushbu bo’limda qadimgi Xorazm yozuvi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
IV bo‘lim. Xorazmning ilk o‘rta asr davridagi tarixi va madaniyati. Ushbu bo’limda Xorazmning ilk o’rta asrlardan to arab istilochiligigacha bo’lgan tarixi yoritilgan. Va shu davrga oid qal’alar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
V bo‘lim. Xorazm - Buyuk ipak yo‘lida. Ushbu bo’limda Mil.avv. II-asrdan XVI asrgacha faoliyat olib borgan Buyuk ipak yo’li va uning tarmoqlari, shuningdek Xorazmning savdo yo’lida tutgan ro’li to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
VI bo‘lim. O‘rta asrlarda Xorazmning yuksalishi. Fan va madaniyat, savdo va hunarmandchilikning gullab-yashnashi. Ushbu bo’limda asosan o’rta asrlarda Xorazmning siyosiy iqtisodiy, madaniy sohalarda o’sish jarayoni yoritilib, Xorazmshohlar davlatining paydo bo’lishi, rivojlanishi, madaniyati, me’morchilik ananalari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
VII bo‘lim. Xorazm Ma’mun akademiyasi. Ushbu bo’limda XI asrda, Xorazmda ilm-fanning rivojlanish tarixi bayon etilib, akademiyada faoliyat olib borigan olimlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek o’rta asrlarga oid nodir qo’lyozmalar, tibbiyot va dorishunoslikda ishlatilgan buyumlardan na’munalar keltirilgan.
VIII bo‘lim. Xorazmning mo‘g‘ullarga qarshi milliy ozodlik harakatlari. Ushbu bo’limda Xorazmshohlarning so’ngi vakili Jaloladdinning mo’g’ul bosqinchilariga qarshi 10 yillik ozodlik kurashi voqealari yoritib berilgan. Bu bo’limdan Xorazmshohlar davriga oid, Meshekli karvon saroyidan topilgan sopol buyumlardan na’munalar keltirilgan.
IX bo‘lim. Amir Temur va Temuriylar davrida Xorazm. Ushbu bo’limda Xorazmning Amir Temur va Temuriylar davridagi siyosiy va madaniy hayoti yoritib berilib, temuriylar davriga oid kumush tangalar, muxrdonlar, Navoiyning “Xamsa” asari toshbosmasi joy olgan.
X bo‘lim. Xiva xonligi XVI-XIX asrlarda. Bu bo’limda Xiva xonligining paydo bo’lishi, rivojlanishi, madaniyati, me’morchiligi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Shunigdek bu bo’limda Xiva xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi, va uning tanazzulga yuz tutishi sabablari yoritib berilgan. Ushbu bo’limdan XVI-XIX-asrlarga oid vaqfnomalar, kumush tangalar, liboslar, va mehnat qurollari kabi eksponatlar joy olgan.
XI bo‘lim. XX asrda Xorazmda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar. Bu bo’limda Xiva xonligining parchalanishi va yangi ijtimoyi harakatlarning vujudga kelishi bilan birga, 4 yil faoliyat yuritgan XXSR davlati to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek o’lkada sovetlar hokimyatining o’rnatilishi, qatag’onlik va paxta siyosati, urush yillarida yuz bergan tarixiy jarayonlar haqida ma’lumotlar berilib, Orol dengizi va uning falokati jarayoni yoritib beriladi. Ushbu bo’limdan XXSR pul birliklari, XX-asrga oid sopol va misdan yasalgan buyumlar, naqshinkor yog’och eshik kabi eksponatlar joy olgan.
XII bo‘lim. Mustaqillik yillarida Xorazm viloyati. Ushbu bo’limda Xorazmning mustaqillikdan so’ng qo’lga kiritgan yutuqlari, faoliyat yurityogan xorijiy qo’shma korxonalar, madaniyat, maorif, sport kabi soxalar to’g’risida ma’lumotlar batafsil yoritib beriladi.
Ekspozitsiya fondidan joy olgan jami eksponatlarni, tayyorlangan materiallariga ko’ra guruhlarga ajratilsa 261 eksponatdan 68 tasi sopol buyumlar, 20 ta toshdan yasalgan turli ashyolar, turli metallardan yasalgan eksponatlar (temir, mis, bronza, kumush) 76 tani, shisha buyumlar 9 tani, yog’och ashyolar 18 tani, qog’ozdan tayyorlangan ashyolar 52 tani, tabiiy ipak yoki sintetik toladan tayyorlangan eksponatlar 18 tani, shu jumladan matodan tikilgan eksponatlar 6 tani tashkil qiladi.
Hozirgi kunda Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiya zallarida jami 261 ta eksponat joy olgan bo’lib ularning ko’pchilik qismini turli davrlarga oid arxeologik topilmalar tashkil qiladi. Bundan tashqari muzey ekspozitsiyasidan joy olgan tanga pullar ham anchagina salmoqli qismni tashkil qiladi (37 ta). Shuningdek ekspozitsiyadan nodir kitoblar (15 ta), olacha matosidan yasalgan XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid erkaklar to’ni va ayollar yelagi ( 2 juft), sopol haykalchalar (6 ta), taqinchoqlar (turli ko’rinishdagi 12 ta) joy olgan.