Хорезмская академия Маъмуна

Abdikarimov Faxriddin Baxrom o’g’li “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

04-07-2022     Новости

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda faollik ko’rsatib, o’zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O’zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan fidoyi va mard o’g’lonlarimizni munosib rag’batlantirish maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi qaroriga asosan Xorazm Ma’mun akademiyasining tayanch doktoranti Abdikarimov Faxriddin Baxrom o’g’li fan sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot bilan Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasi muborakbod etadi!