YANGILIKLAR
Саудия Арабистони вакилларининг Хоразм Маъмун академиясига ташрифи
20-09-2019 32

2019 йил 20 сентябрь куни Саудия Арабистони қишлоқ хўжалиги вазирлиги вакиллари Алсаган Бандер Мухаммед ва Теледи Раи Фарханлар Хоразм Маъмун академиясига ташриф буюрдилар. Мехмонлар ташриф давомида академиянинг фаолияти, илмий лабораториялар ва олинган илмий натижалар билан танишдилар. Шундан кейин Хоразм Маъмун академияси рахбарияти ва вилоят хокимлиги вакиллари билан  биргаликда кейинги илмий алоқаларни ривожлантириш истиқболлари кўриб чиқилди ва ҳамкорликни умумий йўналишлар белгилаб олинди.

Россиялик олимлар билан ҳамкорлик йўлида
16-09-2019 47

Хоразм Маъмун академияси катта илмий ходими Б.Садуллаев Россиянинг Фанлар академияси Сибир филиалининг В.Маринов бошчилигидаги илмий ходимлари билан Ўзбекистоннинг Ҳисор тоғларида дала қидирув ишларида иштирок этди. Келажакда мазкур олимлар Ўзбекистон олимлари билан ҳамкорликни йўлга қўйиш ниятида эканлигини билдирдилар.

Жанубий Хоразм археологик экспедицияси 2019 йил дала тадқиқотларини тугатди
16-09-2019 50

Хоразм Маъмун академияси Жанубий Хоразм археологик гуруҳининг т.фн. С.Р.Баратов бошчилигидаги навбатдаги археологик экспедицияси якунига етди. Мазкур экспедиция давомида мил.ав. VII VI асрларга оид даҳмада қазиш ишларини давом эттириш жараёнида мил.ав. VII асрдан тортиб то мил. II – III асрларгача оид бўлган қатламлар ўрганилди. 

E'LONLAR


INTERAKTIV XIZMATLAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI
Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-sonli «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i — bayroqning butun uzunligi bo’ylab o’tgan to’q moviy rang, oq rang va to’q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi matodir. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining o’rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o’tkazilgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o’n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o’n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o’rtasidan 70x30 santimetrga teng to’g’ri to’rtburchakka sig’adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do’ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo’lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig’adi. O’n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig’adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o’rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov she’ri

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

FOYDALI RESURSLAR

So'rovnoma

Sayt faoliyatiga baho bering

Yaxshi yangiliklarga ega!
Yangiliklar kam berilmoqda!
Menga umuman yoqmadi!

Manzil

  •   O'zbekiston Respublikasi
  •   220900, Xiva shahri, Markaz-1
  •   (0362) 375-51-43,
    (0362) 375-70-01
  •   (0362) 375-51-43
  •   mamun@academy.uz