Khorezm Mamun academy

“Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

25-06-2026     News

Ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda intellektual mulk sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan “Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari hamda professor-o‘qituvchilari “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalarida ishtirok etdilar.

Loyiha va ishlanmalar ekspertlar komissiyasi tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Xorazm Ma'mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo'limi katta ilmiy xodimi, PhD Rajabov Zakir Pulatovich G'o'zaning yangi navi  "Jayhun 2022" navi ishlanmasi bilan qatnashib g'olib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Rajabov Zakir Pulatovichga keyingi bosqichda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!