Khorezm Mamun academy

Xorazm vohasi arxeologiya yodgorliklari holati bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

19-06-2026     News

2026 yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Salaev San’atbek Komilovich O‘zRFA Tarix institutining Xorazm vohasi arxeologiya yodgorliklari holati va “Qadimgi Xorazmning oltin xalqasi”ni yaratish bo‘yicha taklifi yuzasidan Xorazm Ma’mun akademiyasida olimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida akademiya olimlari tomonidan Xorazm viloyatining turistik salohiyatini oshirish yuzasidan yangi takliflar berilib, “Qadimgi Xorazmning oltin xalqasi”ga yangi yo‘nalishlar kiritilishi rejalashtirildi.