18 - may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Xorazm Ma'mun akademiyasi Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Malaka oshirish instituti bilan birgalikda keng jamoatchilik tinglovchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar Xorazm vohasining boy tarixi, qadimiy madaniyati, milliy qadriyatlar hamda muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Ekspozitsiyasida saqlanayotgan noyob tarixiy buyumlar, arxeologik topilmalar va madaniy meros namunalariga alohida qiziqish bildirildi.
Shuningdek tadbir davomida muzeylarning yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, tarixiy xotirani asrash hamda madaniy merosni targ'ib etishdagi o'rni haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Ochiq eshiklar kuni kotarinki ruhda o'tdi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar xalqimizning boy tarixi va madaniyatini keng targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

