Khorezm Mamun academy

“Konservatsiya fani boshlang`ich kurs” boʻyicha amaliy seminar bo'lib o'tmoqda

28-04-2026     News

Joriy yilning 27-apreldan 8-maygacha Samarqand arxeologiya institutida Koreya merosi agentligi tomonidan “Konservatsiya fani boshlang`ich kurs” boʻyicha O’zbekiston Respublikasi Konservatsiya (konservatsiya boshlang’ich, topilmalarni boshqarish) mahalliy texnik ta’lim dasturi asosida amaliy seminar mashgʻulotlari olib borilishi rejalashtirilgan bo'lib hozirgi kunda ushbu seminar o’z faoliyatini boshladi. Unda Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi kichik ilmiy xodimi Matqurbanov Fayzulla ilmiy va amaliy ko’nikmalarini oshirish maqsadida o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etmoqda. Seminar mashg’ulotlari asosan tadqiqotlar davomida topilgan ashyolarni restavratsiya va konservatsiya qilish bo’yicha sohaga oid ilmiy ma’lumotlarni ishtirokchilarga ulashishga asoslangan.