Bugungi kunda global ekologik muammolar — iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning kamayishi, suv va havo ifloslanishi — insoniyat kelajagiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Yer kuni aynan shu muammolarga e’tibor qaratish va ekologik ongni shakllantirishga xizmat qiladi.
Urganch davlat universiteti “Ekologiya va HFX” kafedrasida ushbu ekologik sanaga bag’ishlangan tadbirda quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha davra suhbati o’tkazildi:
• Yer sayyorasining ekologik holati va muammolari.
• Ekologik muvozanat tushunchasi.
• Inson faoliyatining salbiy ta’siri.
• Barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot”.
• Har bir insonning ekologik mas’uliyati.
Tadbir shiori: “Yer bizniki emas – biz Yerga tegishlimiz!”.
Ushbu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirda Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo’limi katta ilmiy xodimi Z Rajabov qatnashib “Yer kuni (Earth Day) — 22-aprel atrof-muhitni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatlash”, hamda tadbirda keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha maruza qildi. Tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tadbirda o’qituvchilar, magistrlar va talabalar qatnashdi. Davra suhbatini savol javob boy bo’lib o’tdi.



