Khorezm Mamun academy

Qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologik kurash samaradorligini qanday oshirish mumkin?

24-03-2026     News

Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo'limining katta ilmiy xodimi b.f.f.d.(PhD) A.I. Iskandarov Turkiyaning Balikesir universitetida aynan shu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovi g‘olibi sifatida tashkil etilgan ushbu malaka oshirish dasturi davomida hasharotlarni boshqarishning zamonaviy usullari o‘rganildi.
Stajirovka davomida professor Aylin Er va uning jamoasi bilan hamkorlikda ekologik barqaror himoya tizimlarini takomillashtirish va biologik choralarining amaliy natijadorligini baholash bo‘yicha tajriba almashildi. Tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda yangi yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan.