2017-yil 5-may kuni O’zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Ilm yulduzlari” intellektual ko’rik-tanlovida Xorazm Ma’mun akademiyasi FA-F-1-008 shifrli grant kichik ilmiy xodimi Nargiza Kamolova Po’latbaevna “Xorazm vohasi dehqonchilik an’analari va sug’orish tizimi tarixi” ilmiy mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashib, Xorazm vohasidagi qadimda mavjud bo’lgan va hozirgi kunga qadar an’anaviy asosda rivojlanib kelayotgan dehqonchilik madaniyati, vohaning qadimgi va hozirgi davrdagi sug’orish tizimi, sug’orish tizimi tarixi, mavjud irrigatsiya tarmoqlarini va hozirgi kundagi qishloq xo’jaligida dehqonchilik madaniyati, sug’orish tizimida mavjud bo’lgan dolzarb muammolarni keng yoritib berishga harakat qildi. Nargiza Kamolova ushbu intellektual ko’rik-tanlovda faol ishtiroki uchun “Eng zukko va topqir ishtirokchi” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi va ushbu ko’rik-tanlovning sertifikati bilan taqdirlandi.
