Khorezm Mamun academy

Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi "Intelektual faoliyat bo'yicha" Respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

19-10-2026     News

Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi "Intelektual faoliyat bo'yicha" Respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

2026-yil may oyidan boshlab o‘tkazib kelingan “Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovi yakunlariga ko‘ra, 5 ta nominatsiya bo‘yicha 15 nafar g‘olib aniqlandi.

Quvonarlisi, Xorazm Ma'mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo'limi katta ilmiy xodimi, qishloq xo'jalik fanlari falsafa doktori Rajabov Zokir Pulatovich tanlovning respublika bosqichida “Eng yaxshi seleksiya yutug'i” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Tanlovga muvofiq, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 125 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasi nomidan Zokir Rajabovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi ilmiy-innovatsion faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz