"Jadid" gazetasining 2026-yil 18-sentyabr sonida Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammadning "Xorazm jadid maktablari" nomli suhbati e’lon qilindi. Suhbatda tarixchi olim jadid maktablarining tashkil etilishi, ta’lim sohasidagi islohotlar, jadid pedagog ijodkorlari, ayol pedagoglar va ularning ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritib berilgan. Suhbatdagi ma’lumtlar tarixchi olimning mavzu bo‘yicha yaratgan "Xorazm jadidchilik harakati ensiklopediyasi" va beshta monografiya, ikkita risolasida keltirilgan O‘zbekiston Milliy arxivi, "Tarjimon" gazetasi va boshqa ilmiy adabiyotlarga asoslanilgan.

