Khorezm Mamun academy

Xorazm Ma'mun akademiyasining bir guruh xodimlari taqdirlandi

28-08-2026     News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Xorazm Ma'mun akademiyasining bir guruh ishchi xizmatchilari hamda ilmiy xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda yosh avlodni yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokona xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangani barcha ilm-fan ahlining yutug‘idir.

Barcha taqdirlanganlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, Vatanimiz ravnaqi va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!