Khorezm Mamun academy

Xorazm Ma’mun akademiyasi va Renmin universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

18-08-2026     News

2026 yil 13 avgust kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Renmin universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki tomon o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, Xorazm vohasi hududidagi arxeologik yodgorliklarni birgalikda tadqiq etish, arxeologik materiallarni ilmiy jihatdan o‘rganish, restavratsiya qilish hamda tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy nashrlarda e’lon qilish, shuningdek, iqtidorli yosh mutaxassislarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hamkorlik Xorazm vohasining boy arxeologik va tarixiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish, zamonaviy ilmiy metodlarni tadqiqot amaliyotiga joriy etish hamda O‘zbekiston va Xitoy olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.