Khorezm Mamun academy

Xorazm Ma’mun akademiyasi Germaniyada mukofotlandi!

29-07-2026     News

Joriy yilning 20-iyul kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida Germaniyaning Ta'lim, Oila ishlari, Qariyalar, Ayollar va Yoshlar federal vazirligi va UNESCO bo'yicha Germaniya komissiyasi “Barqaror rivojlanishda ta'limga sodiqligi uchun” 30 ta tashabbusni taqdirladi.
Ushbu marosimda Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, b.f.d., professor Ikram Iskandarovich Abdullaev ishtirok qildi.
Kvedlinburgdagi Sinch devor uylar markazi (Fachwerkzentrum) va Xivadagi Xorazm Mamun akademiyasi Jahon merosi va barqaror rivojlanish uchun ta'limni muvaffaqiyatli integratsiyalashgani, shuningdek, "Madaniy binolarni aslligicha saqlab qolish" loyihasini tavsiflovchi o'zaro hurmatga asoslangan xalqaro hamkorlik uchun e'tirof etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Sertifikat UNESCO bo'yicha Germaniya komissiyasi bosh kotibi Dr. Roman Luckscheiter tomonidasn taqdirlandi. Shuningdek ushbu marosimda BMBFSFJ vazir o’rinbosari, Barqaror rivojlanish uchun ta'lim (BNE) vaziri va boshqalar ishtirok etdi.