Khorezm Mamun academy

Yangi kompleks birikma sintez qilindi

10-07-2026     News

Xorazm Ma’mun akademiyasi Fizik-kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasi kimyogar olimlari tomonidan antibakterial va antifungal faollikka ega bitta metall-kompleks birikma sintez qilindi. Mazkur birikma, N,N¢-karbonildiimidazol (CDI)ning suvli muhitda gidrolizidan hosil bo‘lgan imidiazol bilan mis(II)atsetat tuzining eritma muhitida qo‘shilishidan sintez qilib olindi. Ushbu kompleks birikmani monokristallari o‘stirilib, Rigaku firmasining SMARTLAB SE X-RAY DIFFRACTOMETER aparatida analiz qilindi. Bu kompleks birikma parametrlari, ilk bor Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasi (Cambridge Crystallographic Data Centre)ga depozit qilinib, unga tegishli kristallografik ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoniyati yaratildi (Deposition Number: 2561750).