2026-yil 26-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi “Aniq fanlar” bo‘limi hamda Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining “Algebra va matematik injiniring” kafedrasi hamkorligida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.
Seminarda Granada universiteti (Ispaniya) “Amaliy matematika” kafedrasi professori Pedro-Xose Torres Vilyarroya “Periodic Solutions for the Lorentz Force Equation” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida differensial tenglamalar va fundamental fizikaning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar doirasida xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, 2026-yilda Xorazm Ma’mun akademiyasi “Aniq fanlar” bo‘limi bosh ilmiy xodimi Baltayeva Umida Ismoilovnaning professor Pedro-Xose Torres Vilyarroya bilan hamkorlikda Granada universitetiga ilmiy tashrifi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Mazkur tashrif Yevropa Matematiklar Jamiyati (EMS) grant loyihasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

.jpg)
.jpg)