Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi 113-son “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizda “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish amaliyoti joriy qilingan edi. Unga aholidan 1 ming 300 dan ortiq taklif va tashabbus kelib tushdi.
2026-yil 22-may kuni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida forumning “TOP-10” tashabbusi mualliflarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu forumda, Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi Ashirov Mansur Allanazarovich “Cistanche spp. oʻsimligini tabiatda muhofaza qilish va ekish texnologiyasini tadqiq qilish” mavzusidagi tashabbuskor loyihasi bilan qatnashib, gʻoliblik sertifikati va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Endi mazkur istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan forumda taqdimot qilinadi. Ularni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
“Kelajak uchun” forumi xalqchil islohotlarni amalga oshirishga keng jamoatchilikni jalb etish, istiqbolli tashabbuslar uchun ochiq muloqot maydonini yaratish, ilg‘or g‘oyalarni saralash va rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

.jpg)
