Khorezm Mamun academy

YANGI MONOGRAFIYA NASHR ETILDI

02-10-2025     News

Ushbu qo‘llanmada Xiva xonligi xududida XIX asr va XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeotlar: Qo‘ng‘irotlar sulolasi inoqlarining Xiva xonligi taxtiga kelishi, shajara va sulolalar tarixi, xonlar almashinuvi,  xonlikdagi ichki  boshqaruv siyosati va tashqi diplomatiya, o‘zaro ichki urushlar va tashqi bosqinlar, ichki va tashqi savdo-sotiq va bozor munosabatlari, qurilish, madaniy-ma'rifiy va maishiy hayot, xonlik xududida kechgan  maishiy va ijtimoiy jarayonlar - o‘sha davrda yashab, ijod qilgan Xorazm tarixnavisligining yetuk namoyondalari shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Ogahiyning beshta tarixiy asarlari orqali, Ogahiydan keyingi Xiva xonligi saroy tarixnavisligi an'anasi munosib davomchisi Muhammad Yusuf Bayoniy, xonlar oilasi vakili, tarixchi Sayid Homid to‘ra Komyob  tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar, Xiva xoni Muhammad Aminxon davrida Erondan Xivaga elchi sifatida kelgan Rizoqulixon Hidoyatning “Saforatnomayi Xorazm” deb nomlangan kundaliklarida bitilgan Xiva xonligi va xonlari tarixini yorituvchi noyob tarixiy  ma'lumotlar orqali shuningdek yuqoridagi va ularga yaqin boshqa mavzularda muallif tomonidan mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar orqali yoritilib beriladi.
Qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, maktab o‘quvchilari shuningdek Xiva tarixiga qiziquvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan.