Xorazm Ma'mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad va filologiya fanlari nomzodi. Dosent Sayyora Samandarlar muallifligida “Matbaachilik asoschisi va jadid ma'rifatparvari” nomli risola nashr etildi. Buxorodagi “Durdona” nashriyotida chop etilgan mazkur kitobda Xorazmdagi jadidchilik harakati va uning o‘ziga xos xususiyatlari va Turkiston, Buxoro jadidchilik harakatidan farqli jihatlari tahlil etiladi. Shu bilan birga Xorazmda matbaachilik asoschisi Otajon Abdolovning hayoti va faoliyati, uning jadidchilik harakatidagi ishtiroki, jadid maktablari uchun darslik, qo‘llanmalar nashr etishdagi hissasi ham yoritib berilgan.
Bundan tashqari Otajon Abdolovning Xorazm respublikasi va okrugi davrida gazeta-jurnallar, kitoblar nashr etishdagi fidoyiligi, shogirdlari bilan birga Qoraqalpog‘istonda ham matbaachilik rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan.
