Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Mazkur beshta muhim tashabbus doirasida har yili o'tkaziladigan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu olimpiadada Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasidan Narimova Laylo Komiljanovna sportning Stol tennisi turi bo‘yicha idora va tashkilotlardagi ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichi musobaqasida faol ishtirok etdi hamda faxrli III-o‘rinni egalladi.

